Get Mystery Box with random crypto!

Ayollik... 'Faqir bir odam qishloq sigirlarini yaylovda boqib | Bomdod Namozi

Ayollik...
"Faqir bir odam qishloq sigirlarini yaylovda boqib tirikchilik qilar edi. U og‘irligini birovga tushirmasdan oilasini shu mehnati bilan ta’minlardi. Uning qadrini biladigan, farosatli, oqila xotini bor edi. Shuning uchun qishlokda u eng baxtiyor odam hisoblanardi. Qishloqda kimki, xotinidan jahli chiqsa, "Bor, cho‘ponning xotinidan ibrat olib kel", der edi. Kunlardan bir kun qishloq raisi xotinidan xafa bo‘ldi. Rais xotini bilan janjallashib: - Ey gapga tushunmaydigan, befahm xotin, borib qishlog‘imiz cho'ponining xotinidan ozgina bo‘lsa ham aql o‘rgan, u faqir xotindan ibrat ol, er qadrini o‘rgan, - dedi. Uning xotini: Cho‘ponning xotinidan nimani o‘rganaman. Eri cho'pon bo‘lsa, o‘zida na hunar, na fazilat bor? deb qarshilik ko‘rsatdi. Rais jahl bilan ishiga ketdi. Uning xotini keyin bezovta bo‘lib qoldi. O'rnidan turib, cho'ponning xotinini hamma ta’riflaydi, bir ko‘rib kelay, deb ularning uyiga bordi. Shu payt cho'ponning xotini hovlidagi, oftobda turgan idishdan suv olib ichar edi. Raisning xotini: Shu suvdan menga ham ozgina bering, dedi. Cho'ponning xotini: - Bu suv isib qolgan. Sizga muzday suv olib kelaman, bir oz kuting, dedi. Raisning xotini: — Mayli, lekin siz o‘zingiz nega isib qolgan suv ichmoqdasiz? deb so‘radi. Cho'ponning xotini: Xonim, shu onlarda erim dalada jaziramada yuribdi. Quyoshda qizigan meshchasidagi suvdan ichayotgandir. Erim u yerda isigan suvni ichsa-yu, men bu yerda sovuq suv ichsam, xotinligim qayerda qoldi! deb javob beribdi"

@Bomdod_Nomozi