Get Mystery Box with random crypto!

Bir shifokor aytgan ekan. 'Bir qizaloq ustida xatarli jarrohl | Bomdod Namozi

Bir shifokor aytgan ekan.

"Bir qizaloq ustida xatarli jarrohlik amaliyoti oʻtkazdim. Qizchaga qon berish kerak, biroq bizda unga mos qon yetarli emasdi. Chunki, uning qoni noyob guruhga mansub edi. Qizaloq egizak boʻlib, sherigi oʻgʻil bola edi. Oʻsha akasidan singlisiga qon berishini soʻradim. Bolakay biroz oʻylanib turdi-da, qon berishga rozi boʻldi. Ota-onasining yoniga borib, ular bilan vidolashdi. Qon olib boʻlganimizdan soʻng bolakay mendan "Qachon oʻlaman?" deb soʻradi. Undan qon soʻraganimizda, u singlimga faqat qon beryapman deb emas, balki, hayotimni beryapman deb oʻylagan va shunga rozi boʻlgan ekan".

@Bomdod_Nomozi