Get Mystery Box with random crypto!

ISTIQLOL SHAROFATI O'z yurtiga o'zi bek bo'lgan Istiqlol tuf | BOLALARGA SHE’RLAR ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ| стихи для детей | Modda fasonlar yosh onalar uchun bolalar kiyimlari ayollar uchun

ISTIQLOL SHAROFATI

O'z yurtiga o'zi bek bo'lgan
Istiqlol tufayli qadrini topgan
Ming yillik orzusi ruyobga chiqqan
Ulug'im, sharafim, go'zal maskanim
Bayraming muborak,O'zbekistonim!


Bugun seni dunyo tan old.
Jahon minbarida o'rning bilindi.
Qudrating, o'zliging o'zingga qaytdi.
Istiqboli porloq, ulug, Vatanim.
Bayraming muborak ,O'zbekistonim!

Ming yillik tarixing yuzaga chiqdi.
Ajdodlar nomlari qayta tiklandi.
O'zga bir jamiyat, bo'ston yaraldi.
Sharaf-u shonlarga to'lgan,Vatanim.
Bayraming muborak, O'zbekistonim!

Jamoling jilosidan ko'zlar qamashar.
Bunda quvnab yashar yurtdoshlat.
O'zga xalqlar havas bilan qarashar.
Dunyoda tengi yo'q go'zal bo'stonim.
Bayraming muborak, O'zbekistonim!