Get Mystery Box with random crypto!

CHUMCHUQ BOLALARI Pechkaning karnayiga, Chumchuq uya quribdi | BOLALARGA SHE’RLAR ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ| стихи для детей | Modda fasonlar yosh onalar uchun bolalar kiyimlari ayollar uchun

CHUMCHUQ BOLALARI

Pechkaning karnayiga,
Chumchuq uya quribdi.
Moʼralasam ichiga,
Bolalari turibdi.

Yoqsak agar pechkani,
Ularning umri tugar.
Shunday qoldirmay buni,
Oʼylay boshladim tadbir.

Soʼng ularni avaylab,
Karnay ichidan oldim.
Xavfsizroq joyga qoʼyib,
Tagiga xashak soldim.

Ularga ovqat berib,
Qaray olaman oʼzim.
Birdan shularni oʼylab,
Yorishib ketdi yuzim!