Get Mystery Box with random crypto!

YANGI O'ZBEKISTON Shu go'zal yurtda tug'ilib, o'sdim, Kindik | BOLALARGA SHE’RLAR ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ| стихи для детей | Modda fasonlar yosh onalar uchun bolalar kiyimlari ayollar uchun

YANGI O'ZBEKISTON

Shu go'zal yurtda tug'ilib, o'sdim,
Kindik qonim to'kilgan shu yer vatanim.
Boshimda soyabon Yurtboshimiz turar,
Ul zotning so'zlari yodimda turar.

Yurtim tabiati misli bir jannat,
Xalqimga berilgan ulug' bu ne'mat.
Mustaqil yurtimning Surxon qiziman,
Vatanim 30 yoshing bilan, seni qutlayman

Yurtimda boshlandi-yangi bir tuzum,
Yangi O'zbekiston-yangi jamiyat.
Yosh avlod o'qib,tinmangiz bir zum,
Yurtboshim yuritgan-yangi siyosat.

Tarixingda bordir buyuk bir karvon,
Shu yurtda yashaylik erkin, farovon.
Bu yilning aytilgan shiori ham-shu,
Muhtaram Prezidentimning-siyosati-bu.

O'tmishingda o'tdi ko'p ulug' zotlar,
Seni Temur bobom ruhlari qo'llar.
Senda bordir buyuk ustoz-Navoiy,
Vatanim,yashaysan hamisha boqiy.