Armiya bilan xalq Askar safda borar: bir, ikki, uch! Tuprog'i | Bolalar She'rlari

Armiya bilan xalq

Askar safda borar: bir, ikki, uch!
Tuprog'i zar yurtim, tog'lari marjon.
Birlik, yakdillikda eng qudratli kuch –
Armiya bilan xalq bir tan-u bir jon!
Sheryurak bobolar hayoti o'rnak,
Saodat – Vatanga bo'lmoqlik o'g'lon.
Gar fido bo'lmasang jon nega kerak,
Armiya bilan xalq bir tan-u bir jon!
Zirrilaydi zamin tashlasam qadam,
Na’ra tortsam qalqib ketadi osmon.
Tinchlik barqarorki, har bir kun bayram
Armiya bilan xalq bir tan-u bir jon!
Oq yuvib, oq tarab o'sdirding, ona,
Meniki, bizniki bu qutlug' makon.
Temuriy voris bor, el bor yagona,
Armiya bilan xalq bir tan-u bir jon


Telegram tarmog‘idagi Eng sara  @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling
Bolalar She'rlari

Bolalar She'rlari

@bolalar_sherlari
2.98K Obunachilar
Bolalar parvarishi Toifa
Bolalar dunyosiga sayohat qiling... 🌀 She'rlar olami. 🌀 Ertaklar dunyosi. 🌀 Maqol va topishmoqlar. 🌷Shuni bosing va hoziroq oching . @bolalar_she...