Get Mystery Box with random crypto!

​​​OTASI BOR ODAMLAR Yuragimda alamlar, Kun sayin ortar g'aml | BOLAJON 👶🏼

​​OTASI BOR ODAMLAR

Yuragimda alamlar,
Kun sayin ortar g'amlar.
Sizga havas qilaman,
Otasi bor odamlar.

Olam ichra olamsiz,
Betashvishsiz, begʻamsiz.
Eng badavlat odamsiz,
Otasi bor odamlar.

Tekis, ravon yoʻlingiz,
Shodlik toʻla dilingiz,
Koʻkka yetar qoʻlingiz,
Otasi bor odamlar.

Kunduz quyosh koʻrk, chiroy,
Tunda sochin silar oy.
Qirq yoshda ham erkatoy,
Otasi bor odamlar.

Do'stlaringizga ham ulashing

@chaqoloqlar
@seni_seveyorum1
@Xayrli_tongg

https://t.me/joinchat/SKgjV6Zo7SMV8MKV