Get Mystery Box with random crypto!

#Yangi_Ozbekistonda_el_aziz_inson_aziz | Bolajonlar uchun Ingliz tili

#Yangi_Ozbekistonda_el_aziz_inson_aziz

Oʻzbekistonim

Qalbimda nur sochgan oʻzing boʻstonim,
Fido boʻlsin senga tandagi jonim,
Qiyosing yoʻq dunyo ichra yagonasan,
Insoni aziz boʻlgan Oʻzbekistonim.

Asragayman tuprogʻing bebahoyim,
Koʻzimni gavharisan sen qarorim,
Gul misoli yashnagayman quchogʻingda,
Insoni aziz boʻlgan Oʻzbekistonim.

To hayotman sengadir shuhrat shonim,
Shukrona keltiraman har bir onim,
Senga bersam bor imkonim baxtiyorman,
Insoni aziz boʻlgan Oʻzbekistonim.

Senga aytsam sen uchun dilda borim,
Hech eldan kam boʻlmagan oʻzbek elim,
Qayda boʻlsam talpinarman quchogʻingda,
Insoni aziz boʻlgan Oʻzbekistonim.

Namangan viloyati, Uychi tumani, 3-maktab ingliz tili oʻqituvchisi Umarova Dilfuzaxon