Get Mystery Box with random crypto!

TESHIK CHELAK XIZMATI Нikoyat Qadim zamonda suv tashuvchi bi | BOLAJON 👫

TESHIK CHELAK XIZMATI

Нikoyat

Qadim zamonda suv tashuvchi bir yigit bo'lgan ekan. U obkashining ikki chetiga ilingan chelaklarda suv tashir ekan.

Chelaklardan birining tagi teshik bo'lib, manzilga yetguncha suvning yarmi to'kilib borar ekan. Butun chelak o'z vazifasini to'la-to'kis bajarayotganidan mag'rurlanar, teshik chelak esa ishining yarminigina bajara olayotganidan uyalib, xijolat chekar ekan.

Bir kuni teshik chelak egasiga debdi:

- Men sendan uzr so'ramoqchiman, olgan suvingning yarminigina yetkaza olaman.

Suv tashuvchi yigit unga javoban:

- Seni ko'tarib ketadigan tomonimdagi gullarni ko'rganmisan? Men ularni ataylab shu tomonga ekkanman. Har safar suv tashiganimda sen ularni sug'orib ketasan.
Men necha martalab xotinimga shu gullardan guldastalar sovg'a qilganman. Buning uchun senga rahmat aytaman, - debdi.

EY FARZAND, TADBIRKOR ODAM HATTO TESHIK CHELARDAN HAM O'ZI UCHUN FOYDA OLA BILADI.

"Тarbiya kitobi" dan.