Get Mystery Box with random crypto!

KAVSAR TURDIYEVA DUNYONI SAQLAR BOLALAR! Ko'zlar bilan, so'z | BOLAJON 👫

KAVSAR TURDIYEVA

DUNYONI SAQLAR BOLALAR!

Ko'zlar bilan, so'zlar bilan
Do'stlar bilan dillashaylik.
Mehr bilan, sog'inch bilan,
Quvonch bilan birlashaylik.
Bu birlikni, ahillikni,
Buza olmas ovoralar..
Vatan bo'ylab quvnab-kuylab, Hayotni asrar bolalar.

Naqorat:

Dunyoni saqlar bolalar,
Ishonchni oqlar bolalar.
Tinchlikni yoqlar bolalar,
Quvonchni xohlar bolalar.
Ishongan bogʻlar - bolalar,
Suyangan togʻlar - bolalar.

Kelajakning iplariga,
Umidni bogʻlar bolalar.

Eshit zamin, eshit samo,
Bizning kuyni eltsin navo.
Mehr bilan tutashsa qalb, Boshimizga qo'nar humo.
Humo qushin, samo qushin,
Qutlar gullar, favvoralar.
Yurtga shodlik va obodlik,
Keltirar kimlar? Bolalar!!
Naqorat.

Bizga qo'shiling
https://t.me/joinchat/Sl_rfSorzoPyoVkF