Get Mystery Box with random crypto!

BOLAJONLAR UCHUN😘

Telegram kanalining logotibi bolajon_sherlar1 — BOLAJONLAR UCHUN😘 B
Telegram kanalining logotibi bolajon_sherlar1 — BOLAJONLAR UCHUN😘
Kanal manzili: @bolajon_sherlar1
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.98K
Kanalning ta’rifi

📖Bolajonlar uchun eng sara she'rlar kanali
Kanalimizda:
✅Eng sara rus va o'zbek she'rlari;
✅Eng ajoyib ertaklar;
✅Maktab o'quvchilari uchun qiziqarli materiallar topishingiz mumkin
Talab va takliflar böyicha

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2022-09-05 07:55:34
G‘arb olimlari Qur‘ondan xato topish uchun to‘planishdi. Ular Qur‘ondagi Naml surasining 18-oyatida aytilgan: "Bir Chumoli aytdi: "Ey chumolilar maskaningizga kiring! Yana Sulaymon va uni askarlari Sizlarni bilmasdan sindirib yubormasinlar" - degan oyatdan xato topishmoqchi bo‘lishdi.
Ularni takidlashicha, chumolilarga "Sindirmoq" so‘zi ishlatish xato ekan. Ular tirik mavjudod bo‘lgani uchun ularga "Ezmoq" so‘zi ishlatilishi kerak degan da‘vo bilan chiqishdi. Lekin...
143 views04:55
Ochish/sharhlash
2022-09-05 07:55:29
CHARCHOQ TESTI

Yaponiyalik psixoterapevt Yamamoto Xashima charchoq uchun sinovni ishlab chiqdi, rasmga qarang, u qimirlayabtimi?

1. Rasm harakat qilmayabti
2. O'rtacha qimirlayabti
3. Tez qimirlayabti
170 views04:55
Ochish/sharhlash
2022-09-05 07:42:44 G'ani ABDULLAYEV
QIZILISHTON
Daraxt qurtin teraman,
Taq-tuq-taq.
Unga shifo beraman,
Taq-tuq-taq.
Bog'lar bo'lsin hosildor,
Taq-tuq-taq.
Bog'bonga men madadkor,
Taq-tuq-taq.
Nog'oracho'p tumshug'im,
Taq-tuq-taq.
Nafsiz ketmas qo'shig'im,
Taq-tuq-taq.
208 views04:42
Ochish/sharhlash
2022-09-05 07:42:43 MUSICHA QO'SHIG'I
Meni ko'plar yuvosh der,
Kuk-ku-g'u.
Ba'zi birov bevosh der,
Kuk-ku-g'u.
Dehqon meni siylaydi,
Kuk-ku-g'u.
Omborchilar quvlaydi,
Kuk-ku-g'u.
206 views04:42
Ochish/sharhlash
2022-09-05 07:42:43 Anvar OBIDJON
BULBUL QO'SHIG'I
Qizil gulda o'ynayman,
Chika-chuka.
Atirgulda tunayman,
Chika-chup.
Mening kulcham — to'lin oy,
Chika-chuka.
Rizqim — don va shudringchoy,
Chika-chup!
199 views04:42
Ochish/sharhlash
2022-09-05 07:42:42 OLTIN KUZIM
Mevalarni
Shakar etding,
Yaproqlarni
Sim-zar etding,
Oltin kuzim.
iTo'kin-sochin
Dala-yu bog'...
Dehqonlarning
Dimog'i chog',
Saxiy kuzim.
190 views04:42
Ochish/sharhlash
2022-09-05 07:42:42 Obid RASUL
HUSAYNI
Yoz fasli, avgust ayni,
Bog'da pishar husayni.
Ingichka bel — pilladek,
Ko'zni olar tilladek.
Shirinligi qand-asal,
Hosili haddan afzal.
Buni ekkan yosh bog'bon,
Ochiq ko'ngil, xushmezbon.
161 views04:42
Ochish/sharhlash
2022-09-05 07:42:37 Tursunboy ADASHBOYEV
KUZ
Yana xazonrezgilik,
Bog'lar rangi siniqdi.
Dilda hokim ezgulik,
Anhorda suv tiniqdi.
Oq yaktakli qayinlar
Taqdi yana zar baldoq.
Qushlarga gap tayinlab,
Chag'-chagiaydi zarg'aldoq.
Ufq orti lolagun,
Daraxtlardan rang olar.
Xayrlashib kuz bugun,
Sochar oltin tangalar.
159 views04:42
Ochish/sharhlash
2022-09-05 07:42:37 Kavsar TURDIYEVA
PAXTA
Ishonmasang, biroz kut,
Axir, har yil kuzakda
Pag'a-pag'a oq bulut
Paydo bo'lar ko'sakda.
Bulutlar-chi, dur kabi
G'o'zalarga sochilar,
Ushlay deya ularni
Chanoqlar lang ochilar.
158 views04:42
Ochish/sharhlash
2022-09-05 07:42:36 Nurullo OSTON
YOZ
Oydin tunlar pallasi,
Baqalarning yallasi.
Handalakning bo'ylari,
Dehqonbuva to'ylari
Yozdan darak bermoqda,
Qarang, laylak kelmoqda.
158 views04:42
Ochish/sharhlash