Get Mystery Box with random crypto!

'PUF, SASSIQ' ir kuni tulki hovliga kirsa, baland bir mixda bi | BOLAJONLAR UCHUN

"PUF, SASSIQ"
ir kuni tulki hovliga kirsa, baland bir mixda bir bo'lak go'sht osilib
turgan emish. Tulki oiguday och ekan.
— Shuni yesam, rosa qornim to'yardi-da, — debdi tulki.
U go'sht osilgan mix tagiga kelib, bir irg'ibdi — yetolmabdi, ikki irg'ibdi —
yetolmabdi, uch irg'ibdi — yetolmabdi. Bir qadam orqaga tisarilib, chopib
kelib sakrabdi — yetolmabdi. Ikki qadam, uch qadam, o'n, yigirma qadamdan ham chopib kelib sakrabdi — sira yetolmabdi.
Oxiri charchab, holdan toyibdi. Keyin go'shtga qarab turib:
— Puf, sassiq ekan! — deb yo'liga ketibdi.