Get Mystery Box with random crypto!

OVCHI, KO'KCHA VA DONO Bir zamonda bir ovchi bo'lgan ekan. Bir | BOLAJONLAR UCHUN

OVCHI, KO'KCHA VA DONO
Bir zamonda bir ovchi bo'lgan ekan. Bir kuni u dalaga chiqibdi, yerga
tuzoq qo'yib, o'zi pana joyda o'tiribdi. Bir gala kaptar uchib kelib, chinorga
qo'nibdi, yerga tushib donlashmoqchi boiibdi. Ularning orasida Ko'kcha degan
keksa bir kaptar bor ekan. U sheriklariga qarab: "Pastga tushmanglar, tuzoq
bor, ilinib qolasizlar", — debdi. Kaptarlar Ko'kchaning so'ziga quloq solmay,
bitta-bitta uchib tushib, donlay boshlabdi. Oxiri nafslari g'oliblik qilib, to'r
ostiga kiribdilar. Ko'kcha sheriklaridan ajralib qolishni, yolg'iz yashashni o'ziga ep
bilmabdi. O'zi ham pastga tushib, to'r ostigakiribdi.Ovchi sekin-asta to'rning ipini
tortibdi, hamma kaptarlar tuzoqqa ilinibdi.
Ko'kcha sheriklariga qarab:
— Endi bir so'zim bor, avval xo'p
desangiz, aytayin, zora qutulsak, —
debdi.
Kaptarlar:
— Xo'p, ayting, awal sizning so'zingizga kirmay, shu baloga yoiiqdik, endi
nima desangiz, shuni qilamiz, — deyishibdi.
Ko'kcha:
— Hammamiz birdaniga qanot qoqib, to'r bilan yuqoriga ko'tarilamiz.
Qutulishning yagona yo'li — shu! - debdi.
Ko'kcha qarasa, ovchi quvib kelayotgan ekan. Kaptarlar baravariga qanot
qoqib juda baland ko'tarilib, ko'zdan g'oyib boiibdilar.
Ko'kcha endi to'rdan qutulish yo'lini izlab turgan ekan, Dono ismli bir
sichqon do'sti yodiga tushib qolibdi va kaptarlarni shu tomonga boshlabdi. Ular
choi-biyobonlar ustidan o'tib, togiardan oshibdilar. Borib-borib Dononing
ini og'ziga kelib qo'nibdilar. Dono chiqib qarasaki, do'sti Ko'kcha emish. U
do'stining iltimosi bilan awal Ko'kchaning sheriklarini, keyin esa o'zini to'rdan
qutqazibdi. So'ngra hol-ahvol so'rabdi. Ko'kcha butun voqeani aytib beribdi.
Dono qadrdon do'stlarni kutish uchun salqin va xushhavo yerga joy qilibdi,
keyin don-dun, noz-ne'matlarni to'kib tashlabdi.Chinorda o'tirib hamma voqeani ko'rgan bir qarg'a: "Kaptarlar biror yerga
borib tushsa, doniga sherik bo'larman", — degan umid bilan ular orqasidan
uchib kelgan ekan. Qarg'a Dononing kaptarlarga bergan yordamini ko'rib,
hayron b o i i b d i , o'zicha: " D o ' s t
qo'shilmay yolg'iz o'zim yashab kelaman. Yor-birodarlarim, jonkuyarim yo'q,
jonivorlar hamisha mendan qochishadi. Yolg'izlik jondan o'tdi, qiynalib ketdim. O'ylab-o'ylab, siz bilan do'st bo'lishni ma'qul ko'rdim, taklifimni qabul
qilsangiz, umid bilan keldim, — debdi.
Sichqon Qarg'aga javoban:
— Durust, lekin siz meni qayerda ko'rsangiz, biror ziyon yetkazasiz,
shuning uchun so'zingizga ishonish qiyin, — degan ekan, Qarg'a:
— To'g'ri aytasiz, do'stim, qayerda sichqon ko'rsam, tinch qo'ymas edim,
ammo do'stlik yaxshi ekan, endi sizga sira zarar yetkazmayman, — deb chinakam
va'da beribdi. Dono bo'lsa Qarg'aning so'ziga ishonib, inidan chiqibdi, Qarg'a
bilan qo'l olishib, do'st boiibdi, uni mehmon qilibdi.
Bir kuni qarg'a do'sti Dononi bog'iga taklif qilibdi. Dono rozilik beribdi.
Qarg'a dononi tumshug'ida olib bormoqchi boiibdi, lekin sichqon qiynalmasin
deb, uni changalida avaylab olib ketibdi. Bu bog' jahonda bor hamma mevali
daraxtlar bilan bezangan ajoyib joy ekan. Xilma-xil gullar xushbo'y hid sochib,
bo'stonni yashnatib turar, shishadek tiniq suvlar shildirab oqib turar ekan.
Turli-tuman mevalar pishib, tagiga tushib turar ekan. Qarg'a Dononi yaxshilab ziyofat qilibdi. Sichqon ko'p xursand bo'lib, bog'ni qarg'a bilan tomosha
qilib yuribdi. Buni shu bog'da yurgan bir toshbaqa ko'rib qolibdi. Ularga havasi
kelibdi. Salom berib, ular oldiga boribdi. Hol-ahvollarini, sichqon bilan qarg'ao'rtasidagi inoqlik, mehribonlik sababini so'rabdi. Qarg'a toshbaqaga kaptarlar
voqeasini aytib beribdi.
Toshbaqaning havasi ortibdi. Do'stlik, birodarlikning bahosi yo'q. Ular
bilan qadrdon do'st boiishga so'z beribdi. Qarg'a toshbaqani ham ko'p izzathurmat bilan ziyofat qilibdi.Ill
Bog'ning bir tomonidagi baland tepa bag'rida bir kiyik yurar ekan. U qarg'a,
sichqon va toshbaqaning totuv bo'lib yurishganini ko'rib, qarg'aning makoniga
qarab yo'l olibdi. Ular yaqiniga kelib, so'z qotibdi. Uni hammalari xursandchilik bilan kutib olibdilar. Qarg'a kiyikni dasturxonga taklif qilibdi va o'zaro
gaplashib o'tirishganda kiyik qarg'a, sichqon,