Get Mystery Box with random crypto!

Yaxshi qand yedirar, Yomon — pand. * * * Yaxshi bilan yursang, | BOLAJONLAR UCHUN

Yaxshi qand yedirar,
Yomon — pand.
* * *
Yaxshi bilan yursang,
Yetar murodga.
Yomon bilan yursang,
Qolarsan uyatga.
DARAXTLAR HAQIDA
* * *
Daraxt bir joyda ko'karar.
* * *
Daraxt ildizi bilan kuchli,
Odam - do'stlari bilan.
* * *
Daraxt yaprog'i bilan ko'rkam,
Odam — mehnati bilan.
* * *
Daraxt — havodan, odam — mehnatdan.
* * *
Daraxtdan meva olaman desang,
Niholligida parvarish qil.
* * *
Daraxtni tomiri saqlar,
Odamni do'sti saqlar.