Get Mystery Box with random crypto!

BARNO BILAN BUVISI Barnoning buvisi: — Bir qoshiq achchiqqina | BOLAJONLAR UCHUN

BARNO BILAN BUVISI
Barnoning buvisi:
— Bir qoshiq achchiqqina sho'rva qila qoling, kelin, — dedi.
Ovqat pishar mahalda nima ham bo'lib Barno oshxonaga kirgan edi, qozonga
ko'zi tushib:
— Oyi, — dedi hayron bo'lib.
— Nima, qizim?
— Nega buvimning aytganlarini qilmadingiz?
— Voy, ana, — dedi oyisi. — Sho'rva qilyapman-ku.
Barno labini burib oyisiga qaradi:
— Buvim bir qoshiq sho'rva qilgin desalar, siz bir qozon sho'rva qilyapsiz-ku!