Get Mystery Box with random crypto!

QORBOBO SOQCHI MLlug'bek archa yasatdi. Bunga siz ajablanarsiz | BOLAJONLAR UCHUN

QORBOBO SOQCHI
MLlug'bek archa yasatdi. Bunga siz ajablanarsiz. Ulug'bek endi to'rt yoshga
kirgan, kichkina bola bo'lsa-yu, qanday qilib archa yasata oladi dersiz? Chin
gap. Ulug'bek ham archa yasatdi: u karton quti ichidan o'yinchoqlarni bittabitta olib, oyisiga uzatib turdi. Oyisi esa ularni archaning shoxlariga ildi. Ulug'bek
bunday qarasa, o'zining laychasiga o'xshagan kuchukcha filning shundoq tagida
turibdi. Ulug'bek hayvonot bog'iga oyisi bilan borganida chinakam filni ko'rgan:
burni xariday, o'zi uyday.
— Oyi, fil tushib ketsa, kuchukni bosib qoladi-ku? — dedi kuchukka rahmi
kelib.
Oyisi kuldi-da, kuchukni olib, filning orqa tomoniga osib qo'ydi.
— Vu-uy, kuchuk filga vovillayapti! — quvonganidan chapak chalib yubordi
Ulug'bek.
Archani yasatib bo'lishdi. Ostiga paxta solishdi. Bilmagan odam qor deb
o'ylaydi. Oppoq. Keyin Qorboboni o'rnatib
qo'yishdi.
Ulug'bek archani aylanib tomosha qila boshladi: Bir chiroyli! Ana yam-yashil bodring.
Anovi — bir tomoni sariq, bir tomoni qizil
nashvati. Narigisi — shaftoli bilan olma... Qog'ozli
muzqaymoq ham bor. Ulug'bek ularga qarab
"quit" etib yutindi: "Vuy-y, yulduzlar ham
yondi".
— Endi uxlaymiz. Ertaga o'rtoqlaring kelishganda birga o'ynaysizlar, — dedi oyisi. Ulug'bek
archaga qaray-qaray ichkariga kirib ketdi.
U o'rniga yotib, ko'zini yumdi. Nimanidir
o'yladimi, boshini ko'tardi:
- Oyi!
Allanarsa tikib o'tirgan oyisi unga qaradi.
— Miltig'imni Qorboboga berib qo'ysak bo'lar edi, — dedi Ulug'bek
xavotir olganday. Nega?
— Kecha laycha mening botinkamni hovliga olib chiqib tashlabdi-ku! Olma,
muzqaymoqlarni o'shanaqa qilmasin tag'in!
— Mayli, — dedi oyisi unga.
Ulug'bek sakrab o'rnidan turdi. Karovatining bosh tomonida turgan miltiqchani Qorboboga ushlatib qo'ydi. Qorbobo soqchi turdi. Ulug'bek qaytib kirib
o'rniga yotdi-yu, sal o'tmay uxlab qoldi