Get Mystery Box with random crypto!

BOLA PARVARISHI

Telegram kanalining logotibi bolajon_parvarishi — BOLA PARVARISHI B
Telegram kanalining logotibi bolajon_parvarishi — BOLA PARVARISHI
Kanal manzili: @bolajon_parvarishi
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.45K
Kanalning ta’rifi

Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!
Bolalar uchun kitoblar: @bolajonbooks
Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-11-27 12:20:39 Bolaning sut tishlarining tushishi va doimiy tishlarining chiqishi bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javoblar

Bolaning sut tishlari chiqishidan ko'ra, ularning tushishi og'riqsiz va odatda muammosiz kechadigan jarayondir.

Sut tishlari qachon tushishni boshlaydi?

Ko'pincha sut tishlari bolaning 5-6 yoshiga kelib tushishni boshlaydi.

Tajribali onalarning aytishicha, sut tushlari necha oyda chiqishni boshlagan bo'lsa, o'sha yoshda tushishni boshlaydi. Ya'ni ilk sut tishlari 7 oyda chiqqan bo'lsa, ularning tushishi bolaning 7 yoshiga to'g'ri keladi.

Sut tishlari qanday tushadi?

Vaqti kelib bolaning yangi tishlari chiqa boshlaganda sut tishlari sekin-asta qimirlay boshlaydi va bir kuni tushib ketadi. Ular o'rnida milklar orasidan oqish rangdagi yangi tish chiqayotgani ko'rinib turadi.

Yangi tish chiqayotgan davrda nimaga ahamiyat bermoq lozim?

Bu davrda bolaga kamroq shirinlik yeyish, kalsiy va minerallarga boy ozuqalardan oziqlanish, antibiotiklarni kamroq qabul qilish tavsiya etiladi.

Yangi tishlar chiqayotgan davrda bolaning sut tishlari orasi biroz kengayib ochilib qolishi kerak. Bu degani iyak yangi tishlarni to'g'ri chiqishiga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'ladi. Agar chiqayotgan yangi tishlarga bo'shliq joy yetmayotgan bo'lsa, u holda bolani stomatologga ko'rsatish lozim. Bunda kerakli muolajalarsiz yangi tishlar qiyshiq bo'lib chiqishi mumkin.

Ildiz tishlari chiqishi qachongacha davom etadi?

Odatda 14 yoshga qadar ildiz tishlari chiqib bo'ladi.

Ildiz tishlari qanday tartibda almashadi?

Sut tishlari qanday tartibda chiqqan bo'lsa, ildiz tishlari huddi shunday tartibda ular bilan o'rin almashadi.

Qaysi hollarda stomatologga ko'rinish lozim?

Tishlar ustma-ust qiyshiq bo'lib chiqayotgan bo'lsa;
Bolaning daxani deformasiyalanayotgan bo'lsa;
Bolaning gapirishi g'alati bo'lib o'zgarib qolgan bo'lsa.
Ildiz tishlari chiqayotgan davrda ora-orada jarayonning sekinlashuvi ham kuzatiladi. Bunda organizm yangi tishlar uchun muhit va joy tayyorlayapti desak bo'ladi.

Ba'zida sut tishlari tushmay turib yangi tish chiqa boshlaydi. Bunda ba'zida stomatolog yordamida joyni bo'shatmayotgan sut tishini olib tashlash lozim, aks holda ildiz tishlari chiqa olmay qiyshiq o'sa boshlaydi.

Muhim tavsiya! Sut tishlari karies bo'lib og'riyotgan bo'lsa, ular tushib ketadi deb davolamasdan olib tashlash mumkin emas. Stomatologlarning ta'kidlashicha, sut tishlari vaqtli olib tashlanishi noto'g'ri. Shuning uchun ularni ham oddiy tish singari davolash kerak va ular o'z vaqtida ildiz tishlari tayyor bo'lganida tushgani ma'qul.

Kanalga ulanish @Bolajon_parvarishi
9.6K views09:20
Ochish/sharhlash
2022-11-22 13:31:53
Bolajonlar uchun paygʻambarlar tarixi!

Yod olishga oson boʻlishi uchun ajoyib nashid qilib kuylashibdi

Yosh ota-onalarga ibrat uchun tarqating!

Kanalga ulanish @Bolajon_parvarishi
14.6K views10:31
Ochish/sharhlash
2022-11-21 16:31:21
Bolalarda kichik matorikani rivojlantiruvchi mashqlar

Yaqinlaringizga ham ulashing.

Kanalga ulanish @Bolajon_parvarishi
10.6K views13:31
Ochish/sharhlash