Get Mystery Box with random crypto!

SSV: 'Paqildoq'lar farzandlaringizda bir umrlik og‘ir asoratla | BOLA PARVARISHI

SSV: "Paqildoq"lar farzandlaringizda bir umrlik og‘ir asoratlar qoldirishi mumkin

Yangi yil bayrami yaqin. “Paqildoq”lar mavsumi esa allaqachon boshlandi. Qonuniy taqiqlarga qaramay, bunday mahsulotlarni sotishga urinayotganlarning yagona dardi — pul ishlash. O‘yinqaroq bolalaru o‘smirlar esa pirotexnikaning o‘zi va yon-atrofdagilarga ziyonidan yetarlicha xabardor emas.

Tibbiyot xodimlarining ogohlantirishicha, bunday vositalarning bexosdan qattiq paqillashi kishilarni cho‘chitib, yurak-qon tomir tizimiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu holat fojiali o‘lim bilan ham yakun topishi mumkin.

Yuz, ko‘z, qo‘l sohalarida og‘ir kuyish jarohatlari,

  ko‘zlarning shikastlanishi va ko‘rish faoliyatining qisman yoki butunlay buzilishi,

jarohat asorati bilan bog‘liq plastik operasiyalarga muhtojlik, kuygan sohalarda dag‘al chandiqlar,

qo‘l barmoqlari sohalarida kontrakturalar hosil bo‘lishi “paqildoq” va salyutlarning salbiy oqibatlaridir.

Pirotexnika vositalari shovqinidan qattiq qo‘rqish tufayli:

ruhiy buzilish,
surunkali asab va qon-tomir tizimi kasalliklari,
qandli diabet,
homilaga ziyon yetishi ehtimoli yuqori.

Yaqin masofada pirotexnika paqillashidan inson barotravma va akustik jarohatlar olib, karlik yoki umrbod quloq shang‘illashi (tinnitus) kasalligiga yo‘liqishi mumkin.

Kanalga ulanish @Bolajon_parvarishi