Get Mystery Box with random crypto!

BO'LADIMI? | IT Blog

Telegram kanalining logotibi boladimi — BO'LADIMI? | IT Blog B
Telegram kanalining logotibi boladimi — BO'LADIMI? | IT Blog
Kanal manzili: @boladimi
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.14K
Kanalning ta’rifi

Bo'ladimi? — degan qiziqarli savollarga javob beruvchi foydali kanal!
Biz bilan eng sara ma'lumotlarni o'qib, bilimingizni oshirishingiz yoki shunchaki vaqtingizni unumli o'tkazishingiz mumkin.
Savol va takliflar uchun — @Elnur_tg

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-03-29 13:01:02
3D modelingda "non" topsa bo'ladimi?

3D modeling — bu maxsus dastur orqali 3D obyektlar dizayni bilan shug'ullanuvchi soha. Ushbu kasb kelajagi "porloq" sohalardan biri hisoblanadi.

— O'zbekistonda $300 dan $2000 gacha maosh to'lashadi.

— Freelancerlik orqali bundan ko'p daromad topish mumkin.

P.s: 3D modellar yasab 3ddd.ru saytida sotib yaxshigina daromad topish mumkin.
* Suratda 3D model'ga misol keltirilgan.


@BOLADIMI
4.8K views10:01
Ochish/sharhlash
2022-03-27 19:15:01
SMM'da reklamasida emojilardan foydalansa bo'ladimi?

Endi turli xil brendlar o'z mijozlarigahissiyotlar va kayfiyatlar bilan biznesning insoniy tomonini namoyish qilish uchun o'z bloglarida emojilarni (kulgilardan) foydalanishni boshladilar.

Nima sababdan biznes uchun emojidan foydalanish kerak?

Emojilar 57% odamlarga yoqadi va 25-30%dan ko'proq repostlarni oladi. Agar emojilar reklama yoki sharhlarda ishlatilsa, bu son 33%ga ko'payadi;
Emoji yordamida mijozdan javob olish ehtimoli 4 baravarga oshadi;
Smartfonlarga keluvchi dasturlardan bildirishnomalar, foydalanuvchilarni 85% ko'proq kirishga undaydi. Yangiliklar byulletenlari esa 45% ko'proq oshiradi.


@BOLADIMI - kanaliga obuna bo'ling!
3.3K views16:15
Ochish/sharhlash
2022-03-26 17:07:42
Marvelous Designers dasturi orqali daromad topsa bo'ladimi?

― Ha, albatta bo'ladi. Avvalo ushbu dastur haqida ma'lumot bersak, bu dastur asosan turli personajlar uchun kiyimlar dizaynini yaratadi va ularga kiydiradi. Marvelous dasturi hozirgi kunda o'yinlar uchun personaj yaratishda, multfilm va kinolar uchun, kiyim dizaynerlari uchun juda qulay va kerakli dastur hisoblanadi.

― Ushbu kiyim orqali tayyorlangan maxsus formalarga o'rtacha 300-700$ atrofida haq to'lanadi. Bundan tashqari siz o'yinlar uchun (to'liq komplekt) personaj va turli xil kiyimlar tayyorlasangiz, 1000-10000 dollar atrofida haq olishingiz mumkin.

― Ushbu dastur juda qiziqarli va serdaromad dasturlardan biri. O'rgansangiz achinmaysiz va afsuslanmaysiz. Qayerdan o'rganamiz desangiz Marvelous ga oid video darslik va qo'llanmalar YouTube hamda Google juda ko'p.

@BOLADIMI
2.2K views14:07
Ochish/sharhlash
2022-03-25 19:09:38
"Marketing" biznes uchun haqiqatdan ham kerak bo'ladimi?

Marketing — brendni tanitish, maqsadli auiditoriya bilan ishlash, ular tushunadigan tilda soʻzlashish, reklamalar tayyorlash, mijozlarni jalb qilish, saqlab qolish va daromadni oshirish demakdir.

Marketing bu — biznesning tayanchi, unga suyanish eng toʻgʻri strategiyadir. Jahon miqyosida mashhur, brend darajasiga chiqqan kompaniyalarning strategiyasini tahlil qilsak, faoliyatida marketingni qancha koʻp qoʻllagan boʻlsa, shunchalik koʻp oʻsishga erishganligini koʻramiz.

Xo'sh, biznesda marketing kerak ekanmi?

@BOLADIMI - kanaliga obuna bo'ling!
1.9K views16:09
Ochish/sharhlash
2022-03-22 10:50:15
Professional montaj ustasi bo'lish mumkinmi?

Montaj sohasida "Pro" bo'lish uchun bir nechta tavsiyalarni keltirib o'tamiz:

— Birinchi navbatda montajni ko’p sirlarini izlanib, oʻrganish kerak. So’ng ularni ammalda qoʻllash kerak.

— O'rganganlarni amalda sinash uchun. Birorta loyihani xuddi o'zi kabi boshqa videoda sinov uchun montaj qilish kerak.

— O'zaro fikr almashish. Kasbdoshlaringiz bilan fikr almashib turing. Televideniyani, ijtimoiy tarmoqlardagi yangi loyihalarni kuzating.

Doimo izlanishda bo'ling!

@BOLADIMI - kanaliga obuna bo'ling!
2.4K views07:50
Ochish/sharhlash
2022-03-22 06:18:44
Hamma ham she'r yozsa bo'ladimi?

— Odamlar nima uchun she'r yozganini aytish qiyin. Ko'pincha ular atrof-muhitga nisbatan his-tuyg'ularini ifoda etish istagi - tabiatning ta'sirchan burchagi, chin yurakdan tajriba, hayotning tuzilishi haqida o'ylash - bularning hammasi she'riyat uchun mavzu bo'ladi.

— Har qanday holatda, she'r yozishning sababi odatda hissiy motivatsiya hisoblanadi.

— Ko'pgina odamlar o'zlarini o'zlarining xohish-irodasiga qarab harakat qilishadi va agar siz bu istakni his qilsangiz, siz ham bunga erisha olasiz.

Albatta, siz yaxshi shoir bo'lishingizga hech kim kafolat bermaydi, ammo bunday tajriba behuda bo'lmaydi. Eng asosiysi, siz qanday yozishni tushunasiz.

P.s: Shoir do'stlarimizga yuboramiz :))

@BOLADIMI - kanaliga obuna bo'ling!
1.9K views03:18
Ochish/sharhlash
2022-03-21 20:00:02
Kaliforniyada 3000 $ bilan yashasa bo'ladimi?

Aqshda shtatlar orasida o'zining iliq ob-havosi bilan ajralib turadigan kaliforniya shtatida ba'zi narsalarning narxlari bilan tanishsak:

— turar joy: $500-$700
— oziq-ovqat: $300-$500
— transport: $70-$90

P.s: U yerdagi oddiygina ofitsiantning oylik maoshi $2200 dan boshlanad
i.

@BOLADIMI - kanaliga obuna bo'ling!
1.8K views17:00
Ochish/sharhlash
2022-03-21 14:02:18
O'qigan kitobni eslab qolsa bo'ladimi?

Buning uchun bir nechta tavsiyalarni keltirib o'tamiz!

— Kitobdagi kerakli ma'lumotlarni belgilab qo'ying;

— O'qigan narsangiz haqida o'zingizga savollar bering;

— O'qigan narsangizni boshqalar bilan muhokama qiling;

— Ovoz chiqarib o'qing;

— O'qishni boshlashdan oldin kitob mavzusi bilan tanishib chiqing.

@BOLADIMI - kanaliga obuna bo'ling!
1.8K views11:02
Ochish/sharhlash
2022-03-19 19:41:02
Grafik dizaynerlarni qanday kelajak kutmoqda?

Hozirgi kunda grafik dizaynerlarga bozordagi talab va ehtiyoj qanday, qancha daromad taklif qilishadi, grafik dizaynerlar frilanser bo'lib ishlashi mumkinmi?

hh.uz va ishkop.uz saytlarida grafik dizaynerlar uchun 60 dan ortiq vakansiyalar bo'lib, 200$ - 700$ gacha maosh taklif qilishgan.

Vaholanki, grafik dizaynerlar bir vaqtning o'zida bitta kompaniya bilan emas, balki uchta va undan ortiq kompaniyalar bilan frilanser bo'lib ham ishlashadi.

Shunday ekan yuqorida daromad va bir nechta kompaniya bilan ishlayotgan grafik dizayner qancha daromad topasharkan-a..?

@BOLADIMI - kanaliga obuna bo'ling!
2.1K views16:41
Ochish/sharhlash
2022-03-19 18:21:33
Logotip yasab mo'may daromad qilsa bo'ladimi?

— Ha, bo'ladi.
Yangi ochilgan tashkilot yoki mahsulot uchun buyurtma asosida logotip yasab berish orqali pul topish mumkin. Logo yasab berish narxi 100 $ dan boshlanadi.

— Turili xil logolar yasab elekton bozorlarda sotishingiz mumkin. Misol uchun shutterstock.com, graphicriver.net, freepik.com saytlarida ijod qilgan logolaringizni sotib pul ishlashingiz mumkin.

— Logo yasash uchun Photoshop, Adobe Illustrator yoki CorelDRAW dasturlarini bilish kifoya qiladi.

@BOLADIMI – kanalini kuzatib boring!
2.0K views15:21
Ochish/sharhlash