Get Mystery Box with random crypto!

Balogʻat vaqtidagi maktab davri. Baʼzi ota-onalar maktab hayo | FARZAND TARBIYASI 🌙

Balogʻat vaqtidagi maktab davri.

Baʼzi ota-onalar maktab hayotidan yiroq. Ammo bu kabi qoʻpol maʼlumotlarni ham kimdir ota-onalarga yetkazish kerak. Bilamiz oʻgʻil bola balogʻatga yetgandan soʻng, boshqa jins vakiliga boʻlgan munosabati ancha oʻzgaradi.

Yaxshi tarafga boʻlsa mayli, ammo zinoli taraflarga, ziyon yoʻllarga boʻlsa, bu juda yomon.

Misol uchun, qiz bolaga koʻz zinosi bilan boqish, uni zimdan kuzatishlar, qandaydir hayollar vahokazo...

Baʼzi yoshlarimiz bor, bir-birlarini sevishib, Rameo va Juletta boʻlishadi. Kimlardir doʻst.

Bir-biriga nomahram boʻlganlarning oʻrtasiga shayton tushsa juda yomon. Ular zino qilishlari mumkin. Bunday holatlar boʻlgan ham, afsus. Ammo boshqalarini toʻxtatishimiz mumkin.

Avvalambor bolalalirimiz bizdan emas Allohdan qoʻrqsin. Iymoni kuchli, hayosi baland boʻlsin. Qizlarimizga kalta va tor kiyimlar kiyishdan saqlanaylik. Bu barcha yomonliklarga "ona" boʻlishi tayin.

Endi #balogʻat yoshidagi bolasi bor ota-onalarga ham maslahatlar beriladi.

@bola_tarbiyasi