Get Mystery Box with random crypto!

​#Dolzarb #Bismillah Hozirgi taʼlim sohasidagi ishlar, isloh | FARZAND TARBIYASI 🌙

#Dolzarb

#Bismillah

Hozirgi taʼlim sohasidagi ishlar, islohotlar juda goʻzal bolmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosatlari taʼlim sohasini ham tubdan oʻzgarishiga sabab boʻlmoqda. Bu sohada yanada yuqoriroq pogʻonalarga koʻtarilish uchun muallim va ustozlar ham oʻz tashabbuslarini koʻrsatishlari kerak. XX asr taʼlim sistemasidan voz kechib, XXI asrga mos ravishda dars oʻtishlarini tavsiya qilaman.

Ota onamizni maktab davrlarida ham, bizni maktab davrimizda ham va bolalarimizning shu davrlarida ham dars jarayonlari deyarli bir xil. Aytarli katta oʻzgarishlar yoʻq. Vaholanki hozigi zamonamizda 50 yil oldin 7 uhlab tushiga kirmagan hodisodlar, voqeliklar, tehnikalar va texnologiyalar mavjud. Shunday shiddatli va zamonaviy hayotda "eskicha" taʼlim berish qanchalar toʻgʻri?

Hali ham maktab darsida "konspekt", "diktant", "oʻtgan darsdagi mavzuni takrorlab berish" va hokazolar mavjud. Bularni yangilash vaqti kelmadimikin a?!

Darslarni zamonamizga moslasak qanday boʻlarkin. Siz 2 soat energiya sarflab, asabingizni buzib bolalarga tushuntirayotgan darsingizni, hozirda har xil xususiy tadbirkorlar tomonidan ochilgan oʻquv kurslarida, internetda 15 daqiqada tushuntirib qoʻyishadi. Demak, 2 soatlik narsani aslida 15 daqiqada oʻzlashtirsa boʻladi! Bu vaqt ichida bir emas, bir nechalab maʼlumot va bilimlarini oʻzlashtirish mumkin ekan-ku.

"Uyga vazifa" - shuni ham oʻzgartirb yangilash kerak. Hozir axborot texnologiyalari davrida bolalar kitobga qarab, shunchaki koʻchirib 15 daqiqaga qolmasdan "uyga vazifani" bajarib qoʻyishadi va yana bemalol telefonga shoʻngʻishadi.

Shu "uyga vazifaga" internet orqali qandaydir maʼlumotni topib kelishni topshiriq qilib berilsa qanday boʻlarkin? Misol uchun: geografiya darsida mintaqalar toʻgʻrisidagi mavzuni oʻtib boʻldingiz, shundan soʻng oʻquvchilarni 3 tasiga yoki 2 tasiga alohida alohidadan guruh qilib, georafik qiyinroq mavzularni, maʼlumotlarni internetdan topib, daftariga yozmasdan aytib berishlarini... Yoki adabiyot fanidan soʻng, masalan Alisher Navoiy haqida dars oʻtilgan deylik, kitobda keltirilmagan maʼlumotlarni topib kelishlarini aytish mumkin.

Informatika darsida esa hozirda trendda boʻlgan soha - IT sohasiga oid maʼlumotlarni qoʻshish mumkinligi haqida fikr yuritib koʻrdingizmi. Hali ham maktabda "Word" "Exel" "Paint" dasturlari oʻrgatiladi, vaholanki bular agar oʻxshatish joiz boʻlsa sarqitga aylangan. Kerak bu mavzular ham, lekin bular asosiysi boʻlishi kerak emas.

Odobnoma, maʼnaviyat darslari ham juda katta islohotlarga muhtoj. Odob va maʼnaviyatni faqat islomdan topish mumkin. Shunday ekan bu darslarda Islomni qanday pok dinligi, hayo va odob qanchalar muhimligi, oʻzini tutishi, muomalasi, yeb ichishi va ilm olishi qay darajada muhimligi va bu hatto ibodat ekanligini bolalarga oʻrgatish kerak.

Xozirda dunyoni, ayniqsa Oʻrta Osiyo mamlakatlarini havotirga solayotgan "adashgan firqalar" va ularga oʻxshaganlarga qarshi bir qancha juda yaxshi fikrlar bilan, dalillar bilan oʻzimizni ulamolarimiz kurashmoqdalar. Raddiyalar berishmoqda, yoshlarni adashib qolmasliklari uchun judayam kuyunib xarakat qilishmoqda. Bu firqalar qiyomatgacha baribir tugamaydi. Allohni musulmonlarga bergan yana bir sinovi bu aslida. Lekin shu sinovlarga bardoshli boʻlishi, hozirgilardek adashib qolmasligi uchun hozirdan harakatni boshlash kerak.

Maktablarimizga "jinsiy trabiya" emas "Islom saboqlari" kerak, "Aqida darslari" kerak.

Bularning barini prezident Shavkat Mirziyoyev birma bir amalga oshirishga harakat qilishmoqda. Lekin, bu insonga koʻmak beruvchilar siz - ustozlar! Tashabbus koʻrsatib yoshlarimizni ham diniy yetuk, ham hozirgi zamonaga mos teranroq fikrlovchi, yetuk kadrlar qilib tarbiyalashdek oʻta oʻgir, masʼuliyati va juda sharafli kasb egasisizlar. Sizlarni tanqid qilmoqchi emasman. Faqat ishlaringizga biroz yangilik kiritishingizni tavsiya qildim xolos.

Alloh Oʻzi koʻmakchi bõlsin


Ilhom Abdurahmon

Imkon qadar tarqatishga koʻmaklashing!

@Bola_tarbiyasi