Get Mystery Box with random crypto!

Farzandingizni o'yindan to'smang! Nima uchun o'ynayotgan bola | FARZAND TARBIYASI 🌙

Farzandingizni o'yindan to'smang!

Nima uchun o'ynayotgan bolalarga ogohlantirish beraverasiz yoki tahdid qilaverasiz:

– Baqirmasdan o'yna, boshimni og'ritib yubording!

– Nega hamma joyga o'yinchoqlaringni sochib tashlading, yig'ishtir!

– Qo'llaring buncha kir, toza o'yna. To'g'ri kelgan narsani ushlayverma!

– Shuncha o'ynaganing yetadi, bo'ldi endi!

Bolani hamma erkinliklardan cheklayverish hissiy kasalliklarga olib keladi!

O'yin – bu bolalarni o'z muammolarini hal qilishga, istaklarini nazorat qilishga, his-tuyg'ularni boshqarishga, muammolarga turli nuqtai nazardan qarashga o'rgatishning tabiiy usuli. Bu ko'nikmalarni egallashning boshqa yo'li yo'q. Shuning uchun bolaning o'yinga ko'p vaqt sarflashi juda muhimdir. Uni o'yinlardan cheklayvermang.

Unutmang! Farzand sizning xohish istaklaringiz bo'yicha harakat qiladigan robot emas.

IbnuYusuf

@bola_tarbiyasi