Get Mystery Box with random crypto!

​ Savol: Assalomu alaykum. 6yoshli o‘glim bor stresga juda t | FARZAND TARBIYASI 🌙

Savol:

Assalomu alaykum. 6yoshli o‘glim bor stresga juda tez beriladi. Bog‘chaga ham borgisi kelmaydi, ayamni sog‘indim deb muallimlariga yig‘layveradi. Nima qilsam bo‘ladi? maslahat bering, iltimos!


JAVOB:

Bola stressga tushishiga oilaviy muhit sababchi.Tarbiyaning erkalatish yoki tanqid va shunga o'xshash jazo turlaridan foydalanilganda bolada bu holat tez tez uchrashi mumkun.

Farzandingizga masuliyatni yuklab boring.Ya'niki, endi katta bo'lib qolgani va tengqurlari indamay maktabda qolganini misollar keltirib u bilan kattalardek munosabat qilish kerak.

Bola o'zini boladek his etishda davom etsa uning injiqliklari ortgan sari ortadi, aslo kamaymaydi.

Mas'uliyatni berish orqali buni normallashtirish mumkun.
Stress deb faqat injiqlikni tushunmang. Doimiy stress organizm uchun xavfli, onda sonda bo'ladigan stresslar tabiiy holat(organizm uchun foydali ham).

Bolani emotsional barqarorligini taminlash orqali bu muammoni hal etishingiz mumkun.
Oilada ota-ona o'rtasidagi doimiy kelishmovchilik ham farzandni stressga tushishiga sabab bo'ladi.

Bola uchun kim haq yoki kim nohaqligi muhim emas, bola oldida ota-ona aslo janjallashmasligi lozim. Bu ham bir sabab bo'ladi.

Mutaxassis:

Kamolbek Zarpullayev.
Oila Psixologi va Trener
Shaxsiy Rivojlanish kursi hamda @Mr_PsixologTv
kanali asoschisi

@bola_tarbiyasi
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
ꜰᴀʀᴢᴀɴᴅ ᴛᴀʀʙɪʏᴀꜱɪ
https://t.me/joinchat/AAAAAEmC-ymy4k6BWhekbA