Get Mystery Box with random crypto!

​АYTING, MАDINАGА QАChON BORАMIZ? Necha ming chaqirim bugun o | FARZAND TARBIYASI 🌙

АYTING, MАDINАGА QАChON BORАMIZ?

Necha ming chaqirim bugun oramiz,
Xatlarning qatida koʼngil olamiz.
Ey meni duosi yoʼqlayotgan doʼst,

Аyting, Madinaga qachon boramiz?

Ishqida yigʼladik, ishqida yondik,
Ishqi deb dunyoning ishidan tondik,
Umidga suyandik, unga ishondik,

Аyting, Madinaga qachon boramiz?

Koʼngillar qoraydi, tosh qotdi, doʼstim,
Kipriklar uchida yosh qotdi, doʼstim,
Yana umidvorlik asqotdi, doʼstim,

Аyting, Madinaga qachon boramiz?

Sharofat yoʼlini sogʼindi yurak,
Shafoat yoʼlini sogʼindi yurak,
Аlloh Rasulini sogʼindi yurak,

Аyting, Madinaga qachon boramiz?

Bori gʼussalardan qochsak barobar,
Salom eshigini ochsak barobar,
Yigʼlasak barobar, toshsak barobar,

Аyting, Madinaga qachon boramiz?

Qarogʼim ichiga toʼlmoqchiman men,
Vujudi muhabbat boʼlmoqchiman men,
Ummati Muhammad boʼlmoqchiman men,

Аyting, Madinaga qachon boramiz?

Ey Nabiy, yuragim toʼldi degani,
Dardimni bir Xudo bildi degani,
Mana, gʼaribingiz keldi, degani,

Аyting, Madinaga qachon boramiz?

Qalbimiz ajib bir sogʼinchga toʼlmish,
Yoʼllarni gʼovlagan alamlar kulmish,
Ikkimizda armon ming bitta boʼlmish,

Аyting, Madinaga qachon boramiz?

Yoʼl boʼyi salavot aytib ketgani
Dilni may, koʼzlarni soqiy etgani,
Meni Baqiy ichra boqiy etgani,

Аyting, Madinaga qachon boramiz?

Oʼtkirbek Muhammadsobir
Istanbul, Umraniya
30.01.2021
14:00


Yaqinlaringizga ham ulashing

@bola_tarbiyasi
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
ꜰᴀʀᴢᴀɴᴅ ᴛᴀʀʙɪʏᴀꜱɪ
https://t.me/joinchat/AAAAAEmC-ymy4k6BWhekbA