Get Mystery Box with random crypto!

​​• Kimdir ikki buyragini (tibbiy muolaja asosida) kunlik yuvi | FARZAND TARBIYASI 🌙

​​• Kimdir ikki buyragini (tibbiy muolaja asosida) kunlik yuvish uchun tong otishiga intizor...
• Yana kimdir ximiyaterapiyaning navbatdagi miqdori-dozasini olish uchun tongga intizor...
• Yana boshqasi ustidan harbiy samolyotlar va tanklar bomba tashlashidan xavfsirab, qo‘rqib tongni qarshilamoqda...
• Va yana boshqa kimdir yeyishga narsasi yo‘q (och-nahor) tong ottirmoqda...

Bu muammolardan yiroq bo‘larkansiz, quyidagi hadis ma’nosini teranroq anglay boshlaysiz...

Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Sizlardan kim ahli oilasi tinch, tanasi sog‘lom va bir kunlik rizqi bo‘lgani holda tong ottirsa, go‘yoki butun dunyoni qo‘lga kiritibdi", dedilar!

Termiziy va Ibn Moja rivoyati.

Assalomu alaykum, xayrli kunini qarshi olgan rizqi butun Qadrligim

Yangi kuningiz omadli, baxtli, va quvonchlarga to‘la o‘tadi, Inshaalloh

@bola_tarbiyasi -Kelajak poydevori!