Get Mystery Box with random crypto!

Qizlaringizga ilm bering! Ular millatni tarbiyalaydilar! B | FARZAND TARBIYASI 🌙

Qizlaringizga ilm bering!
Ular millatni tarbiyalaydilar!


Bilasizmi Singapurda diplomi bor ayollar turmushga chiqsalar, davlatdan katta toʻyona, agar farzand koʻrsalar boshqa oʻqimagan ayollarga nisbatan koʻproq suyunchi pullarini oladilar. Xoʻsh nima uchun shunaqa? Chunki buyuk islohotchi Li Kuan YU mamlakatning muaffaqiyati avvalom bor ilmli,ziyoli ayollar va onalarga bogʻliqligini tushunib yetgandi. Tarix koʻrsatdiki Li Kuan YU yuz foiz xaq boʻlib chiqdi.

Aqlli va ilmli ayol, ilmsiz, dunyoqarashi past ayollardan koʻra dunyoga, xayotga real koʻz bilan baxo bera olarkan. Bunday ayollar zamonaviy tendensiyalar va xaqqoniylik bilan oʻz xayotlari va oilalarini kelajagini qura oladilar. Ular oʻz turmush oʻrtoqlariga, farzandlariga toʻgʻri yoʻnalishlarni bera olish qurbiga ega boʻladilar. Eng kamida bunday ayollar oʻz sogʻliqlariga va oila sogʻligʻiga katta eʼtibor bera oladilar. Ular oʻz turmush oʻrtoqlariga kelajak istiqbollariga olib boruvchi porloq yoʻllarni koʻrsata oladilar, kerak payti tanqid qilib, zarur paytda maqtov bilan muaffaqiyatlarga erishtira oladilar.

Ilmli, aqlli ayollar qorin gʻamidan, uydagi mebel, idish-tovoq, latta-putta kabi mayda narsalardan yuqori turadilar. Ular moʻljalni juda yuqori oladilar va oilani yuksaklikka olib chiqish rejalarini qila oladilar. Bunday ayollar oʻz erlari va farzandlariga kitob tutqazadilar va ilm-fanga yoʻnaltiradilar.

Xar qanday buyuk erkakning ortida buyuk ayol turadi deb bejizga aytilmagan. Intellekti yuqori ayol albatta buyuk farzandlarni kamolotga erishtiradilar. Otadan qon, jism oʻtsada, aql, tafakkur koʻproq onadan oʻtadi. Shuning uchun ilmli, iymonli ayollarga uylanish maqsadga muvofiqdir.

Intellektual oʻtkir bilimga ega, aql-farosatli ayollar oʻz erlarini yoʻqotgan tarzda xam, yoki ularning ablax boʻlib chiqishidan qatʼiy nazar baribir oʻz xayot yoʻllarini topib keta oladilar. Chunki bunday ayollar oʻz oilalarini iqtisodiy-maʼnaviy jihatdan qoʻrgʻon kabi ximoyalash usullarini topa oladilar.

Nima uchun intellektuallar oʻzlariga juda iqtidorli intellektual kuchli ayollarni tanlaganlar. Chunki ular biladilar faqat kuchsiz odamlar oʻzlaridan xam kuchsizlarni tanlashlarini, ular oʻzlariga mos va xos, zamon bilan xamnafas yuruvchi juftni bejizga tanlamaganlar. Chunki bunday kuchli odamlarga faqatgina shunaqa kuchli ayollargina ilxom bera oladilar.

Xoʻsh bizdachi? Bizda esa "Ayol baxti" nomli treninglar. Ayollarga yosh qizaloqligidan boʻysunish, ovqat qilish, tikish-bichish, oʻz xayotini qurbon qilish yoʻllari oʻrgatiladi. Tendensiyalar qanchalik oʻzgarmasin, dunyo qanchalik taraqqiyotga qadam qoʻymasin bizdagi qarashlar xaliyam XV asrdagi axvolda. "Boʻlmasa ersiz qolasan va tamomsan" prinsiplari ustunligicha qolmoqda.

Dunyo ayolning boʻgʻirsoq pishirishni bilishi yoki bilmasligiga emas, balki uning tafakkuri va professionalizmiga xayratlanadi.

Oʻzingizning isteʼdodingizni, bilimingizni namoyon qilishdan, yangi gʻoyalaringizni amalga oshirishdan xech qachon qoʻrqmang, eski streotiplardan baralla voz keching. Kir yuvush va ovqat qilishni istagan paytda oʻrganib olish mumkun, ammo miyani bilimga, tafakkur va koʻnikmalarga toʻldirishga keyin kech boʻlishi mumkin.

Qozoq tilidan Isroil Tillaboyev tarjima qildi

@bola_tarbiyasi — Kelajak poydevori