Get Mystery Box with random crypto!

#xulosa_õzingizdan Kim nimaga ishonsa usha ro‘y beradi. - Alo | FARZAND TARBIYASI 🌙

#xulosa_õzingizdan
Kim nimaga ishonsa usha ro‘y beradi.

- Alo, salom Xudo bilan gaplashsam bo‘ladimi?
- Salom, ulab beraman. Marhamat murojaaatingizni aytishingingiz mumkin, u sizni eshitadi, doimo eshitib kelgan.

Shunda samo yorishib ketibdi.
- Ey Xudo, juda charchadim, mo‘jiza istayman, oddiy insoniy baxt xohlayman. Iltimos, orzularimni amalga oshir!

Shunda haligi ovoz " avval sizni «amalga oshgan tilaklar» bo‘limi bilan ulayman. Siz unda avvalgi orzu qilishda yo‘l qo‘ygan xatolaringiz bilan tanishasiz.

Go‘shakdan « bir necha soniyadan so‘ng sizni amalga oshgan tilaklar bo‘limi bilan ulaymiz» degan ovoz keldi.
- Salom, sizga qanday yordam bera olamiz?
- Meni sizlarga Xudo yo‘lladi. Yangi tilak bildirishdan oldin avvalgilariga bir qarab o‘tishimni buyurdi.
- Tushunarli. Bir daqiqa... xa, mana hamma dildan qilgan tilaklaringiz, eshityapsizmi?
- Xa, albatta, diqqat bilan eshityapman.
- Eshiting, o‘tgan yilgilardan boshlaymiz:

1. Uf, ishim jonimga tegdi! ( Jonga tegdi - Bajarildi)
2. Erim e’tibor bermaydi. (Bermaydi - Bajarildi)
3. Ozgina bo‘lsa ham pulim bo‘lsaydi. (Ozgina pul - Bajarildi)
4. Dugonalarim g‘iybatchi. (Ular g‘iybatchi -Bajarildi)
5. Qanaqa bo‘lsa ham kvartiram bo‘lsaydi. ( Qanaqa bo‘lsa ham -10 qavatdan, tomidan chakka o‘tadigan kvartira. Bajarildi)
6. Kichkina bo‘lsa ham mashinam bo‘lsaydi. ( Eski, shaloq «Zaparojes» mashina «bo‘ldi» - Bajarildi)
7. Ta’tilda qayerga bo‘lsa ham ketsam. ( Bajarildi: usta boqish uchun dala xovliga kettingiz)
8. Hech kim guldasta bermaydiya! (Bermaydi - Bajarildi) ... davom ettiraveraymi?

- yo‘q, yo‘q, bo‘ldi tushundim. Yaratganga qayta ulab bering.

- ey, Xudo, hammasini tushundim. Endi har bir o‘y fikrimni saralayman. Sendan doim ijobiy o‘y xayollarni o‘ylashimga yordam berishingni so‘rayman.Doim menga yordam berishga tayyorligingni unutmay, meni qo‘lla... hozir esa men hammasini o‘ylab olishim kerak. Qayta qilsam bo‘ladimi?

Azizlar, Albatta, istagan vaqtingizda. Duolaringizda xudoga shikoyat qilmang, nolimang. U yomonini ko‘rmabsan deb senga xozirgi xolatingdan ham yomonrog‘ini jo‘natadi. Xudoga shukr qiling, Unga faqat yaxshisini, xursandchiligingizni ayting, shunda U sizga «eh bandam, sen hali bundan ham yaxshisini bilmabsan» deb senga a’losini beradi.

Hurmatli kanal kuzatuvchilari, yozilganlarda hech ham Allohga shirk, yoki uning nomidan gapirishga urinish kabi kibrlilikni axtarmasligizni suragan bo'lar edim!

@bola_tarbiyasi -Kelajak poydevori!