Get Mystery Box with random crypto!

Bir ona o‘g‘lini bomdod namoziga uyg‘otishga harakat qilsa ham | FARZAND TARBIYASI 🌙

Bir ona o‘g‘lini bomdod namoziga uyg‘otishga harakat qilsa ham o‘g‘li uyg‘onmabdi. Masjidda namoz tugagandan keyin yana uyg‘otibdi, o‘g‘li yana uyg‘onmabdi...

So‘ngra onasi uni o‘sha holida tashlab, maktabiga ham uyg‘otmay, o‘z yumushiga kirishib ketibdi. O‘sha kuni o‘g‘lining juda muhim bir fanidan imtihoni bor ekan, uyg‘onib soatni qarasa, imtihon soati o‘tib ketibdi. Shu vaqt onasiga telefon qilib:

Oyi, bugun soat to‘qqizda mening imtihonim bor edi-ku, nega meni uyg‘otmadingiz? – debdi. Onasi unga javoban:

O‘g‘lim, sening oxirat imtihonidan yiqilganingni ko‘rgach, dunyo imtihoni uchun bezovta qilishni istamadim, – debdi.

Xulosa o‘zingizdan...

@bola_tarbiyasi - Kelajak poydevori!

Yaqinlaringizga yuborib qoʻying!
https://t.me/+SYL7KbLiToFaF6Rs