Get Mystery Box with random crypto!

#xulosa_oʻzingizdan Kunlarning birida matematika fani ustozi | FARZAND TARBIYASI 🌙

#xulosa_oʻzingizdan

Kunlarning birida matematika fani ustozim bir umr yodimizda qoladigan gaplar gapirdi, gaplarini namoyish ham qilib berdi.

Doskaga katta 1 raqamini yozdi va dedi: “Bu sizning tarbiyangiz, odamiyligingiz. Hayotda eng muhim hislatlar shular bo‘ladi”.
1 raqamidan keyin 0 yozdi va dedi: “Bu esa siz erishgan yutuqlar, tarbiya bilan sizni o‘n karraga yuksaltiradi”.
Yana 0 – bu tajriba, qarang inson “100” ga teng bo‘ldi.
Shunday qilib 0 larni yozaverdi – ta’lim, muhabbat, omad... har bitta qo‘shilgan 0 odamni har safar 10 barobar yuksaltiraverdi.

So‘ngra ustozim qator boshida turgan 1 raqamini o‘chirdi. Doskada keraksiz, ma’nosi yo‘qolgan 0 lar qoldi...

Ustozim dedi: “Ko‘rdingizmi, agar tarbiyangiz va odamiyligingiz bo‘lmasa, qolgan hislatlaringiz sariq chaqaga ham teng emas”.

@bola_tarbiyasi - Kelajak poydevori!

Yaqinlaringizga yuborib qoʻying!
https://t.me/+SYL7KbLiToFaF6Rs