Get Mystery Box with random crypto!

Tarbiya Qadimda uch mergan ustoz oralarida kim ta’lim berishd | FARZAND TARBIYASI 🌙

Tarbiya

Qadimda uch mergan ustoz oralarida kim ta’lim berishda ilg‘orligini aniqlamoqchi bo‘lishibdi. Uchalasi ham bittadan shogirdlarini chaqirishibdi. Har bir shogird o‘z ustoziga tosh otib, bu san’atni qanchalar o‘zlashtirganini namoyish etishi kerak ekan.

Birinchi ustoz shogirdi otgan toshlarga epchillik bilan chap  beribdi. Ikkinchi ustoz otilgan toshlarni ustalik bilan shogirdiga qaytaribdi. Uchinchi ustozning shogirdi qancha majburlashmasin ustoziga tosh otishdan bosh tortibdi. Shunda xolis hakamlar shu uchinchi ustoz-shogirdni g‘olib deb topishibdi.

Qolgan ikki ustoz norozi bo‘lib:
– Axir, ular tosh otish san’atini ko‘rsatib berishmadi-ku! - debdi.
–To‘g‘ri, - debdi hakam - lekin u shogirdini ustoziga tosh otmaydigan qilib tarbiyalabdi…


Unutmang, ma’naviy tarbiya jismoniy tarbiyadan ustundir.

@bola_tarbiyasi-Kelajak poydevori!

Yaqinlaringizga ham ulashing
https://t.me/+SYL7KbLiToFaF6Rs