Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘p ota-onalar birlamchi sabab va yechim bilan qanoatlanishga | FARZAND TARBIYASI 🌙

Ko‘p ota-onalar birlamchi sabab va yechim bilan qanoatlanishga odatlanib qolganlar.

— Ammo masalaning mohiyatini izlashni, uni paydo qilayotgan  sababini o‘rganib uni bartaraf etish yo‘llarini bir marta bo‘lsa ham o‘ylab ko‘rmaganlar. Ushbu muammo sabablari quyidagilarga bo‘linadi:

Ichki asosiy sabablar:
– Uyni boshqarishda muayyan va ochiq maqsadning yo‘qligi yoki umuman oila bundan mahrum ekanligi.

– Bolaning ta’lim olishdan maqsadi yo‘qligi, yoki darslarni o‘zlashtira olmasligi. Bolaning maktabga ota-onasi majburlashi bilan borib,  nimaga borayotganini farqiga bormasligi. 

– Bolaning xotirjamligi va rohatini yo‘qotuvchi tinchlikni yo‘qligi va g‘azab, mojaro va baqir-chaqirni avjiga chiqishi.

– Bolaning xatosini uning yoshiga, saviyasiga, tuyg‘usiga, fikrlashiga qarab o‘zidek qabul qilmaslik. Ota farzandini atrofdagi tengdoshlariga yoki qo‘shni bolalarga solishtirish tarbiyadagi xato hisoblanadi chunki har bir bola o‘z shaxsiyatiga va tabiatiga egadir.

@bola_tarbiyasi