Get Mystery Box with random crypto!

Farzandingizning ishtahasi yo'qmi? Unda ozgina kreativlikn | Farzandimiz baxtimiz

Farzandingizning ishtahasi yo'qmi?

Unda ozgina kreativlikni ishga solamiz.

#idea

Ovqatni bolamiz sevgan multfilm qahramonlari, hayvonlarning ko'rinishiga o'xshatib dasturxonga tortamiz.

U balki bir qoshiqqina yer, lekin taslim bo'lmang sekin sekin qiziqadi ishtahasi ham ochiladi. O'yin tarzida she'r aytib ham yedirishingiz mumkin.

She'rni to'qib aytsangiz ham bo'ladi muhimi intonatsiyalarni to'g'ri ishlatish.

Qo'shimcha sifatida uning shaxsiy idishchalari bo'lishiga ham e'tibor bering. Bu o'zini alohida shaxs ekanligini his qilishida ham yordam beradi va qiziqib yeydi.

Men yoshligimda tarelkam ichidagi ayiqcha "dimiqib o'lib qolmasligi" uchun ham ovqatni yeb olardim va o'zimni ayiqchaning xaloskori sifatida his qilardim.

Bolajonimsan kanali eng mehribon onalar uchun!