Get Mystery Box with random crypto!

2023-yil 10-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xal | Bojxona ishi va huquqi

2023-yil 10-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” PQ-151-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan 2022-yil 2-dekabrda Samarqand shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida tovarlar kelib chiqishini sertifikatlashtirishning elektron tizimlarini o‘zaro qo‘llash to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul etib belgilangan.