Get Mystery Box with random crypto!

Bog'dorchilik

Telegram kanalining logotibi bogdorchilik_uz — Bog'dorchilik B
Telegram kanalining logotibi bogdorchilik_uz — Bog'dorchilik
Kanal manzili: @bogdorchilik_uz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 713
Kanalning ta’rifi

Bogʻdorchilikka qiziquvchilar, Turli xil turdagi koʻchatlarni topa olmayotganlar va sotish uchun xaridor qidirayotganlar uchun
Murojaat uchun admin: @nuraddin_jumaniyazov xizmat va mahsulot reklamalar pullik
Hamkor: @Words5000

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-07-17 21:56:04
SABZAVOT EKINLARINING XAVFLI KASALLIKLARI:

FOMOZ (KULRANG CHIRISH)

Kasallikni Foma Betae Prink zamburugʻi tarqatadi.
Oʻsimliklarning fomoz kasalligi, yaʼni hosil bandining chirishi namlikning ortishi, chakki tomchilarining koʻpayishi natijasida paydo boʻladi. Meva bandida joylashgan gullarga chakki tomchilari tushgach, gullari foma destriktiva turdagi zamburugʻlar orqali chiriy boshlaydi. Oqibatda gul bargi atrofi chirib, mevalar toʻkiladi. Kasallangan mevalarni zudlik bilan yoqib yuboriladi. Bu zamburugʻli kasallikning oldini olish uchun issiqxonalarni tez-tez shamollatib turish va namlikning ortishiga yoʻl qoʻymaslik zarur.

Kurash choralari:
Bu kasallikka qarshi biologik preparatlardan Sporagin vositasi, kimyoviy preparatlardan Topsin-M 70% 1 kg/ga yoki Mis kuporosini 0,8 kg/ga hisobida 1 t suvga qoʻshib sepish maqsadga muvofiq.


@Bogdorchilik_uz
4.9K viewsedited  18:56
Ochish/sharhlash
2021-07-17 21:18:58
GIDROPONIKA USULI: Ekinni suvda oʻstirish

Buning uchun substratsiz oziq eritmalardan foydalaniladi. Bu usulda oʻsimliklarning ildizlari eritma ichida boʻlib, 1 m2 maydonga 200-300 litr eritma talab qilinadi. Bu usulning kamchiligi keng joriy qilishning besoʻnakayligi va foydalanishning murakkabligi, eritmaning beqaror reaksiyasi ildizning kislorod bilan yetarli taʼminlanmasligi hisoblanadi. Hozirgi vaktda oʻsimliklarni suvda oʻstirishning yangi turi, yaʼni aylanuvchi oziq eritmada oʻstirish yoki plyonkali gidroponika keng tarkalmokda.

Bu usulda sabzavotlarni oʻstirish ozik eritma aylanishi yopik boʻlgan plyonkali tornovlarda (uzunligi 5-25 metr, eni 20-35 santimetr) amalga oshiriladi. Usimlik ildizini kislorod bilan taʼminlash maksadida eritma katlamining kalinligi kamaytirilib harakat tezligi oshiriladi, tarnov eni xam kengaytiriladi.

Manba: Tomchi

Kanalga ulanish:
@Bogdorchilik_uz
4.3K viewsedited  18:18
Ochish/sharhlash
2021-07-05 09:11:29
ЁЗ ЧИЛЛАСИДА ҒЎЗА ПАРВАРИШИ: БИОСТИМУЛЯТОРЛАР БИЛАН ИШЛОВ БЕРИШ.

Иқлим шароити ва ғўзанинг ривожланиш ҳолатидан келиб чиқиб, стимуляторлар билан ишлов бериш ишларини ғўзанинг гуллаш ва ҳосил тугиш даврларигача давом эттириш керак.

Бунда Давлат кимё комиссияси рўйхатидан ўтказилган ва ғўзада юқори самара бераётган қуйидаги стимуляторларни қўллаш тавсия этилади.

Жумладан, Узгуми 0,4 л/га, Геогумат 1,6 л/га, Лебозол Калий 450 – 5,0 л/га, Ҳосилдор 0,6 л/га, Биодукс 2,0 мл/га, Мэрс 0,5 л/га ва бошқа шунга ўхшаш илмий-тадқиқот институтлари томонидан синовдан ўтказилган ва пахтачиликда юқори самара берган стимуляторларни қўллаш ғўзанинг ўсиши ва ривожланишига ижобий таъсир кўрсатади, ҳосилдорликни 15–20% оширади.

@Bogdorchilik_uz
4.4K viewsedited  06:11
Ochish/sharhlash
2021-06-09 13:47:21
OCHIQ USULDA BODRINGNI PARVARISHLASH

Maysalar unib chiqqach, uyada bitta baquvvat oʻsimlik qoldirilib yagonalab chiqiladi. Yagonalashda maysalarni sugʻurib olishga ruxsat etilmaydi, balki qaychi bilan qirqib chiqiladi.

Oʻsimliklar 6-7 ta chinbarg chiqargach chilpib chiqiladi, shunda oʻsimliklar kuchli oʻsuvchi yon shoxlar hosil qiladi. Poyalar qoʻshqator markazidan qochirma usulda yer bagʻirlab taraladi yoki tayanch toʻrlarga yoʻnaltiriladi. Gullamaydigan yon shoxlar yettinchi barg ustidan chilpib tashlanadi.

Tuproq nam holatda saqlanadi. Sugʻorish ildiz ostidan amalga oshiriladi, sugʻorish suvlarining poya yoki barglarga tegib oqishiga ruxsat etilmaydi.

Birinchi hosil nishonalari koʻrina boshlashi bilan oʻsimliklar suyuq oʻgʻitlar bilan oziqlantiriladi.

Erkak gullar yulib tashlanmaydi, ular onalik gullarni changlatish uchun juda zarur.

Maʼlumki bodring hasharotlar yordamida changlanadi, shu bois ekin maydoni yaqiniga asalari uyasini oʻrnatish juda yaxshi natija beradi.

@Bogdorchilik_uz
4.7K views10:47
Ochish/sharhlash
2021-06-09 13:43:20 Bogʻlarda tuproq unumdorligi oshirish.

Bogʻlarda tuproqning unumdorligini doimo yaxshilab borilishi kerak.
Daraxtlarga toʻgʻri shakl berish va qirqish bilan birga tuproqqa yetarli darajada organik va mineral oʻgʻitlar solib turish, yerga oʻz vaqtida va yuqori sifatli ishlov berish, oʻsimlik va mevalarni zararkunandalar hamda kasalliklardan saqlash, yilning hamma faslida tuproqni yetarli namlikda boʻlishini taʼminlash ishlariga alohida eʼtibor berish lozim. Hosil berayotgan bogʻlarda kelgusi yil hosili puxta zamin yaratishning asosiy tartibi – bu yerni kuz va bahorda yaxshi oʻgʻitlab, shudgorlab qoʻyishdir. Shu bilan birga organik oʻgʻitlarni koʻpi bilan har 2-3 yilda bir marotaba chirindi sifatida gektariga 20–25 tonnadan solish kerak. Bunday oʻgʻitlar yetishmasa 2–3 yilda bir marotaba qator oralariga siderat ekinlar ekiladi. Ularni sentyabr oyi oxirida ekib, gullash paytida – may oyining boshlarida yerga haydab yuboriladi.
Bioorganik oʻgitlar yerning unumdorligini oshirishga katta yordam beradi.
Mevali daraxtlar mevasi uzilganidan soʻng keyingi yil yaxshi moʻl hosil olishi uchun xam albatta kuzgi va bahorgi oʻgitlash
judayam foydali.


@Bogdorchilik_uz do'stlaringizga ham jo‘nating

https://t.me/joinchat/T7PmVuHtdquNDvqL
4.2K viewsedited  10:43
Ochish/sharhlash
2021-05-20 20:29:38
Деҳқонларимиз учун гул ва сабзавотларни етиштириш учун ажойиб лифеҳаклар тўплами.

Деҳқончилик билан шуғулланадиганлар видеони албатта кўришни тавсия қиламиз, кетган мегабайтингизга ачинмайсиз бу аниқ.

@Bogdorchilik_uz
4.7K viewsedited  17:29
Ochish/sharhlash
2021-05-02 10:39:19
No comment

Uy sharoitida kim shu usuldan foydalangan bo‘lsa bizga jo‘nating !!!

@Bogdorchilik_uz
5.5K viewsedited  07:39
Ochish/sharhlash
2021-04-30 06:54:22
#Cavol_javob

EKSPERTDAN MASLAHAT

Agromart.uz saytida berilgan onlayn konsultatsiyadan misol

🗨 Assalomu aleykum Zarip aka, Ramazon oyi muborak boʻlsin. Zarip aka maslahatingiz kerak edi. Kuzda tomorqamga chesnok ekkan edim. Hozir barglari yashnagan emas qandaydir xira, yam-yashil emas. Oldinlari chesnok ekib koʻrmaganimga, oʻzi shunaqa boʻladimi yoki biron bir kasalikmikin bu deb oʻylab qoldim. Baxordan berib ikki marta tagiga oʻgʻit (AFU) solib kultivatsiya qildim, bir ikki marta barglariga dori sepdim. Sizdan iltimos bir koʻrib maslahat bering. Oldindan raxmat.

Sugʻorganimdan keyin ham xuddi chanqaganga oʻxshab turibti.

Javobni oʻsimliklar ximoyasi bogʻdorchilik va uzumchilik boʻyicha mutaxassis Zarip Pulatov beradi:

🗨 Va alaykum assalom. Kaliy yetishmovchiligi bor. 10 litr suvga 20 ml Gumimaks, 40 gr monofosfat kaliy va 20 gr karbamid qoʻshib kunning salqin paytida sepilsa yaxshi natija beradi. 7-10 kundan keyin takrorlash mumkin.

Agromart.uz

@Bogdorchilik_uz
4.8K views03:54
Ochish/sharhlash
2021-04-21 07:39:50
САБЗИНИ ҚАНДАЙ ТУПРОҚЛАРГА ЭККАН МАЪҚУЛ?

Сабзи тупроққа талабчан ўсимлик. Узун ва тўғри илдизмеваларни фақатгина чуқур ишлов берилган унумдор енгил тупроқларда ўстириш мумкин.

Оғир ва тошлоқ тупроқларда калта мевали навларни етиштириш тавсия этилади. Сабзи тупроқда гўнг бўлишини хоҳламайди, ҳаттоки, у ўтмишдош экинга солинган бўлса ҳам.

Кузда қуёшли жойдан қаторлар олиб қўйилади, қатор олиш билан бирга торф солиш мумкин, аммо ҳеч қачон гўнг ва боғ компости солишга рухсат этилмайди.

Уруғ сепишдан 1-2 ҳафта олдин тупроққа комплекс минерал ўғитлар солиб чиқилади.

УРУҒ ҚАНДАЙ СЕПИЛАДИ?

Сабзи лента усулида сепилади, аммо кейинги йилларда қўш қаторлаб сеялкаларда экиш кенг тарқалмоқда. Қўш қаторлаб қўлда ҳам сепиш мумкин. Бунда қаторлар оралиғи 50 см, қўш қаторлар оралиғи 15см.

@Bogdorchilik_uz
4.7K viewsedited  04:39
Ochish/sharhlash
2021-04-18 20:14:30 Ekspert maslahati

Foydalanuvchilarimizdan onlayn maslahatlarga tushgan savol (imlo va punktuatsiya saqlanib qolingan):

Gilos va qarolidagi kasallik nima va undan qanday saqlash mumkin. Javob uchun oldindan rahmat.

Javobni oʻsimliklar ximoyasi boʻyicha mutaxassis Zarip Pulatov beradi:

Assalomu aleykum. Bu klyasterosporioz (zamburugʻli) kasallik oqibati. Bu kasallik tushmasligi uchun gullash oldidan va guldan keyin meva guruchdek boʻlganda mis tarkibli (xlorokis med) sepish kerak. Bahor seryogʻin kelganda koʻpayadi. Kunlar isib ketganda toʻxtaydi. Yomgʻir yogʻib kasallik toʻxtamasa, Bargidan bir marta xlorokis med yoki ridomil gold (10 litr suvga 50 gr) va 3 marta 5-7 kun oralatib Gumimaks yoki Uzgumi seping (10 litr suvga 10 gr).

Manba:
uzagro

@bogdorchilik_uz
4.4K viewsedited  17:14
Ochish/sharhlash