Get Mystery Box with random crypto!

​SIZ BILASIZMI? Melioratsiya nima? «Melioratsiya» lotincha | Bog'dorchilik

​SIZ BILASIZMI?

Melioratsiya nima?

«Melioratsiya» lotincha melioratio – «yaxshilash» – maʼlum maydonda qishloq xoʻjaligi ekinlaridan muttasil yuqori hosil olish maqsadida shu maydonning noqulay tuproq, geologik, gidrogeologik va iqlim sharoitlarini yaxshilash demakdir.

Melioratsiya tuproqning suv-havo, ozuqa va issiqlik rejimlarini oʻzgartirish va rostlash yoʻli bilan, uning fizik–kimyoviy xossalarini, tuz rejimini, yer usti va sizot suvlarining rejimini, shuningdek, iqlim elementlarini yaxshilash yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Meliorsiyaning asosiy vazifalaridan biri bu tuproqning suv rejimini rostlash hisoblanadi.

@Bogdorchilik_uz