Get Mystery Box with random crypto!

Yeryongʻoq yetishtirish agrotexnikasi Parvarishlash. Maysa | Bog'dorchilik

Yeryongʻoq yetishtirish agrotexnikasi

Parvarishlash. Maysalar unib chiqqanidan soʻng qator oralari 1 marta 6-8 sm, 2 marta 8-10 sm va 3 marta 10-12 sm chuqurlikda ishlanadi. Gullash fazasida 3 - kulʼtivatsiya oʻtkazish bilan birga azot 40 kg va fosfor 20 kg meʼѐrda oziqlantiriladi. Gullash fazasi boshlanganidan soʻng, oʻsimlik tuplari tagiga tuproq yaxshilab tortiladi. Yerѐngʻoq ginoforlari tuproqqa kirib meva hosil qilish uchun yer gʻovak, yumshoq, nam boʻlishi lozim. Oʻsuv davrida yerѐngʻoq maydonlari yaxshilab namlanib sugʻoriladi.

Oʻgʻitlash: Mineral oʻgʻitlar meʼѐri: sof holda azot 90 kg/ga, fosfor 50 kg/ga, kaliy 50 kg/ga. Ekish oldidan ѐki ekish bilan birga azot 40 kg, fosfor 30 kg, kaliy 50 kg qoʻllaniladi. Gullash fazasi boshlanishida qator oralarini ishlash bilan bir vaqtda azot 40 kg va fosfor 20 kg meyyorda oziqlantiriladi...

Manba: Agro-olam

@Bogdorchilik_uz Do‘stlaringizga ulashing!