2022-08-22 05:04:28
BEHI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR.
Behi qadimiy meva hisoblanadi. Uni odamlar 4 ming yil oldin yetishtira boshlashgan.
Behi yetishtirish bo’yicha dunyoda Turkiya yetakchi o’rinni egallaydi.
Pishgan behining o’n foiz qismi shakardan iborat.
Behi daraxti uzoq vaqt suvsiz yashay oladi.
Bitta behining vazni ikki kilogrammgacha yetishi mumkin.
Behi yovvoyi tabiat qo’ynida ham uchraydi. Ammo daraxtda bir nechtagina meva mavjud bo’ladi. Ularning vazni 100 grammdan oshmaydi.
Behi mevasi, danagi va barglari tibbiyotda keng qo’llaniladi.
Navidan qat’i nazar behi mevasi goh nok, goh olma shaklida bo’ladi.
O’rta Yer dengisi sohillarida yashovchi xalqlar uchun behi muhabbat va to’kinlik ramzi hisoblangan.
Yaqin Sharqda behi urug’ini qaynatib, undan angina, oshqozon yarasi, tomoq og’rig’iga qarshi dori sifatida foydalanishadi.
468 views02:04