Get Mystery Box with random crypto!

Boburjon

Telegram kanalining logotibi boburjonshaxsiy — Boburjon B
Telegram kanalining logotibi boburjonshaxsiy — Boburjon
Kanal manzili: @boburjonshaxsiy
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10
Kanalning ta’rifi

1. Dangasa
2. Uyquchi
3. Kamgap
4. Shoshqaloq - hislatlarga ega Boburjon Boymatovning shaxsiy blogi:)
Murojaat uchun: @babur_chik_ok

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-05-31 21:33:40 Talabalikning ilk bahori
(tugadi ):


Qarasam bugun sana 31.05. Sezyapsizmi bugun Bahorning oxirgi kuni. Oxirgi daqiqalari)
Bu yilgi Bahor men uchun juda o'zgacha bo'ldi

Kursdoshlar va universitetda orttirgan do'stlar, xonadoshlar:

Ular bilan bu Bahorda nimalar qilmadik. Qayerlarga bormadik. Pikniklar , Bir qancha tadbirlar , Sport musobaqalari, Counter Strikelar ( Shu Bahorda Counterdan Glavniy Tarkibni tuzdik desam ham bo'ladi ), Toqqa Go lar bo'ldi

Birga yashaydigan do'stlar):

Ovqatlanishga, birga boramiz
Yugurishga, birga boramiz
Shahar aylanishga birga boramiz
Razbor bo'lsa, birga boramiz
Sayohatga, birga boramiz
Masjidlarga, birga boramiz
Saharlik va Iftorliklarni birgalikda qilganmiz
Ishqilib bu Bahor ular bilan o'zgacha o'tdi

Bu Bahor har doimgidek qaytmas Bahor bo'ldi, ammo bunisi baribir o'zgacha. Chunki bunda #Talabalikningilkbahori esda qolarli va o'zgacha bo'ldi:).

Birinchi kurs tanishlarga lyoxkiy jo'natib yuborma yana

@boburjonshaxsiy
65 viewsedited  18:33
Ochish/sharhlash
2022-05-31 20:27:22
Hech qachon yomon yashayapman deb aytma. Alloh so‘zlaringni eshitib:
“Sen yomon hayot nimaligini bilmaysan” deydi va senga bundanda ko'proq marta yomonroq taqdirni beradi.

Sen nima bo'lishidan qat'iy nazar "Men yaxshi yashayapman deb ayt'', shunda Alloh: "Sen yaxshi hayot nimaligini bilmaysan" deydi va senga o'n barobar yaxshiroq taqdirni beradi.

@boburjonshaxsiy
59 viewsedited  17:27
Ochish/sharhlash
2022-05-29 12:53:24 Maqtov - sening yuksalishingdagi salbiy(ijobiy) vosita.

Muttaham odamlarning aytgani:

Siz bizning kollektivdagi eng yaxshi ishchilardansiz. Sizning salohiyatingiz va iqtidoringizga shunchaki biz tan beramiz. Siz doim bundan ortig'iga munosib bo'lib kelgansiz. Aslida, shu direktorimiz o'rnida siz bo'lishingiz kerak. Undan ko'ra siz yaxshiroq natijalarga erisholasiz. Ha, biz sizga ishonamiz.

Shunday odamlar bor, ishini bitkazish uchun har qanday pastkashlikka tayyor. Nima desang ham, nima aytsang ham u sening gaplaringni ma'qullaydi. Hatto sen gapirayotgan gap yolg'onligini bila turib ham shu gapni yuzlaringga ma'noli qarash va muloyim so'zlar bilan tasdiqlaydi ). Bunaqa insonlar sen jarlikka qarab ketayotganingda ham sening to'g'ri yo'lda ekanligingni ta'kidlaydi hamda shunchaki sen tomonga doimgidek kulib boqib turadi. Bu esa ularga ishonganing sababli vaqti kelib jarlikka qulashingga va yoki yuqorida aytilgandek muvaffaqiyat qozonmasligingga juda katta imkoniyat yaratadi.

Do'stlar aytgani:

Do'stim yashshavor(malades), sen harqachon bizni hayron qoldirib kelgansan, sening bu erishayotgan yutuqlaring doimo bizga motivatsiya berib kelmoqda, sen bizga hattoki o'rnak bo'layapsan ham deb bemalol aytolamiz. Ha, sen bizning (krugni)ko'tarib turuvchilardansan.

Eng achinarlilardan biri sening do'stlaring seni osmonlarga otishlari. Bu garchi yurakdan aytilgan gaplar bo'lsada, bu gaplar qo'pol qilib aytganda seni o'z-o'zingga (do'stlaringga nisbatan) baho qoyishga olib keladi. Sen har qachongidan ko'ra o'zingni bunchalar yaxshi bo'lmaganingni va sen birinchi ekanligingni o'z-o'zingga sezmagan holda uqtirib qoyasan. Bu esa o'zingga nisbatan to'g'ri baho qo'yishingga va to'g'ri xulosa chiqarishingga to'sqinlik qiladi.

Ota-onangning aytgani:

Bolam, biz sen bilan faxrlanamiz, sen bizning chirog'imizsan. Sendan umidlarimiz katta. Seni erishgan va erishayotgan yutuqlaring biz uchun baxt. Biz senga harqachongidanda ishonamiz. Doimo sog'-omonlikda, rizqing butunlikda yurgin. Biz doimo sen haqingda duodamiz.

Tangani ikkinchi tomoni bo'lganidek, Ota-Onangni senga aytgan maqtovlari seni yanada harakat qilishingga va ularni ishonchini oqlash uchun bundanda yaxshiroq harakat qilishingga undaydi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki:
Senga qarata aytilgan maqtovlarni miyangga singdirishdan oldin albatta ongingda Analiz, Sintez, Umumlashtirish va Taqqoslash jarayonlarini amalga oshirgan holda o'zing uchun to'g'ri Xulosa chiqarib ol. Eshitgan maqtovingni shunchaki ko'r-ko'rona ongingga singdirib olish yaxshi emas ).

@boburjonshaxsiy
72 viewsedited  09:53
Ochish/sharhlash
2022-05-28 18:23:10
Bugun Yevropa chempionlar ligasining finali ekan. Qani kimga qaysi jamoaning g'alabasi muhim?
Anonymous Poll
66%
Real Madrid
34%
Liverpool
71 voters173 views15:23
Ochish/sharhlash
2022-05-27 19:00:36 Telbalarning ham gaplarida jon topilib turadi.

Telbalar odatda haq gapni gapiradi. Faqat telbaligi uchun biz uning gapiga e'tibor bermaymiz. Uning o'zi telba bo'lsa, uning gapi nimani ham hal qilardi, deb nopisand bo'lamiz. Agar biror mansabdor gapirsa uning gapi xato bo'lgan taqdirda ham - bayroq ilib chopamiz (yoki paxta qoyamiz. Aslida bu ikkisi ham bir narsa demakdir).

Qadimda ba'zi bir shohlar telbalarning ko'p gaplariga asoslangan holda farmonlar chiqarish ortidan Xalq va Davlat ya'ni Mamlakatni obod qilgan.

Demakki, agar biror tentak senga odam bo'l desa, diqqat qil, gapini tingla va shunga amal qil. Faqat shu uyning 9-qavatidan o'zingni tashlasang baxtli bo'lasan degan gaplariga amal qilib o'tirma. Bo'lmasa u tentakni boshqa ko'rish ehtimoling ko'pi bilan 1000 dan 1ga teng bo'lib qoladi)

(c) Seneka

@boburjonshaxsiy
72 viewsedited  16:00
Ochish/sharhlash
2022-05-22 17:06:58
Yakuniy imtihon ne ne og'riqlar bilan yaqinlashayotganligidan siqilib yurgan talabalarning, yozgi semestrda agarda yakuniy imtihondan yiqilib qolsa qayta topshirishga qoyilmasligini eshitishgandagi reaksiyasi.

Talabalarga tarqatib yubormang yana, yanada siqilib qolishadi.
100 views14:06
Ochish/sharhlash
2022-05-13 09:00:46 Salom, balki siz bu xabarni o'qirsiz yoki yoq, baribir aytib qoyayin. Chunki kelajakda postlar va obunachilarim ko'payib ketib bu xabar juda tepada qolib ketish ehtimoli juda ham katta:)

Bu kanalda shaxsiy qarashlar va fikrlar bo'ladi. Qiziq bo'lsa obuna bo'lvoling yoki ham o'zingiz bilasiz.

Hozirdan aytayin Imloviy xatolarga men juda ham katta e'tibor bermayman. Bu gap bularni tahlil va tandiq qiluvchi negativchilar uchun. Yoqmasa ana Kichkina eshik ochiqmas yopiq ochib chiqib ketaverasizlar. A lekin devordan ham sakrab o'tsangiz bo'ladi, faqat uning uchun shiftni teshishingizga to'g'ri keladi.

Ha bu kulguli emas aksincha, ayanchli va yoqimsiz gaplar. Ammo, men yozdim .

Tanish bilishlarga postlarimni tarqatib yurmayizlar yana, bo'lmasa tanish bilishchilik bo'libdi degan gap bo'lib ketadi.
78 views06:00
Ochish/sharhlash