Get Mystery Box with random crypto!

Vaqt qadri haqida ikki og'iz gap. Yoshligimizda, chamasi 11- | Bobur Hoshimov — Blog

Vaqt qadri haqida ikki og'iz gap.

Yoshligimizda, chamasi 11-12 yashar vaqtlari, rus tili fanidan imtihonimiz bor edi. 5-sinfdan 6-sinfga o'tish uchun. Imtihonni, rus tili fanidan o'qituvchilar kattasi, ismlari aniq esimda yo'q, bizga imtihonni ochib berish uchun kirib keldi.

Bizlarga qarab sekinlik bilan nazar tashladi. Butun sinf jim bo'lmagunigacha bizlarga tikilib turaverdi. Bir og'iz gap ham aytmay yerga qarab hayol surdilarmi... yo nimadir deyish uchun gap qidirdilami...

Hamma jim bo'lganidan keyin: "- Ikki qo'lingizga hovuchlab suv olingda, o'sha suvni ushlab qolish uchun mahkam qo'lingizni siqing. Ming xohlasangiz ham, ming chiransangiz ham suv baribir oqib ketarkan. Bu suv - sizning vaqtingiz. 'Kecha' hammangiz, birinchi sinfga qadam qo'ygandingiz. Bugun boshlang'ich maktabni tugatyapsiz. Kecha yozishni bilmaydigan boladan, o'zingiz bir daftarlarni tugatadigan bo'ldingiz. O'qishni, harflarni tanimaydigan boladan, vaqtga qo'ysa vaqtdan tez o'qiydigan bo'ldingiz. Hayot shunchalar ayovsiz tez o'tadiki, katta bo'lganingizni yoki qancha vaqt o'tib ketanini bilmay qolasiz.", deb asta journalni chetga qo'yib, doskaga yoza ketdilar...

@boburhoshimov_blog