Get Mystery Box with random crypto!

Sun'iy intellekt haqidagi postlarimni to'xtatishim kerak Op | Bobur Hoshimov — Blog

Sun'iy intellekt haqidagi postlarimni to'xtatishim kerak

OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan GPT har birimizni millionlab odamlar intellekti jamlanmasidan foydalanish imkonimiz bor ekanligini isbotladi. Bu degani O'zbekistonning chekka qishlog'idagi 16 yoshli inson dunyoadgi millionlab aqlli insonlar fikrlari, xulosa va bilimlari jamlanmasidan tekinga foydalana oladi.

Hozirgi ko'rayotganimiz jamlangan intellekt bo'lsa, yaqin kelajakda shaxsiy sun'iy intellekt rivojlanishi aniq. Bu nima degani?

Bu degani, har bir odam intellekti nusxasi doimo onlayn turadi degani. Bu degani u odam aqliga doimo "dostupimiz" bo'ladi degani. Hohlagan vaqt u odamdan savol so'rayveramiz. Javob berishi u insonning vaqtiga bog'liq bo'lmaydi. Bu insonlarni yanada erkin bo'lishiga va yanada ijodkor bo'lishiga sabab bo'ladi.

Aniq misol aytsam (boshqalardan ko'ra o'zimni o'qqa tutishim osonroq ), men shifokor sifatida bemorni ko'rib tashxis qo'yaman va davo yozaman yoki operatsiya qilaman. Asosiy vazifam shu.

Agar mening shaxsiy sun'iy intellektim bo'lsa, bemor tekshiruvi natijalarini assistentim virtual Bek Olimjonga taqdim etadi. Virtual Bek Olimjon esa natijalarni tahlil qilib, diagnoz qo'yib, davoni aytib beradi. Operatsiya qilish kerak bo'lsa bu haqida ma'lumot beradi va assistent bemorni operatsiyaga tayyorlaydi.

Bunda jismoniy Bek Olimjonga zarurat bo'lmaydi. U paytda Bek Olimjon Sahroi Kabirda velosipedda yurishi mumkin yoki yana bir boshqa sohada bilim olayotgan bo'lishi mumkin.

Kamchilik jihati bemorlarni shifokor bilan tabiiy suhbatga ehtiyojini qondirilmay qolishi bo'lishi mumkin, lekin afzallik jihati bu kamchilikdan ancha ustun. Afzalligi shuki shifokor maslahatidan 20 minut davomida bitta bemor emas, balki 500 ta bemor foydalanishi mumkin.

Endi ana o'sha shifokor Neuralink orqali bilimlar olish imkoniyati va tezligini bir necha 10 baravarga oshira olsachi?

Bizni juda qiziq va hayratlanarli kelajak kutyapti.

@DrBekOlimjon