Get Mystery Box with random crypto!

EPAM ga SENIOR dasturchi sifatida qabul qilindim Yangi yild | Boburbek blog

EPAM ga SENIOR dasturchi sifatida qabul qilindim

Yangi yildan oldin EPAM ga ishga topshirgan edim.

Ishga kirish jarayoni 3 bosqichdan tashkil topdi.

1. HR bilan suhbat: Bu suhbatda HR korxona haqida batafsil savollarimga javob berdi va o'zim haqimda, tajribam haqida aytib o'tishimni so'radi.

2. Texnik suhbat: Bu bo'limda dasturchi sifatida bilimlarim tekshirildi. JavaScript, React, "data structures", "algorithms" va "design pattern" larga doir savollar berildi. Bir nechta kamchiliklar bilan barcha savollarga javob berdim. Shu orada kamchiliklarimni ham bilib oldim. Bir necha soatlardan so'ng, HR menejer suhbatdan middle+ sifatida o'tganimni xabar berdi.

3. "Resource Manager" lar bilan suhbat: Bu suhbatda turli xil vaziyatlarda nima chora ko'rishimni tekshirishdi. Jamoani boshqarish va mijozlar bilan ishlash borasidagi katta tajribam qo'l keldi. Ular to'liq mendan qoniqishdi va sizni SENIOR sifatida qabul qilamiz deyishdi.

Xudo xohlasa, 3 - fevraldan ishni boshlayman.

@devfarhod