Get Mystery Box with random crypto!

​​Zamonaviy oʻgʻrilar haqida. Kecha Olx.uz saytiga kompyuteri | Boburbek blog

​​Zamonaviy oʻgʻrilar haqida.

Kecha Olx.uz saytiga kompyuterimni sotish uchun reklama eʼloni joylagan edim. Bugun telegramdan bir rus ayol habar yozipti. Habar rus tilida yozilgan, qisqacha mazmuni shunday: "Assalomu alaykum. Kompyuteringizni hali sotmadingizmi? Texnik holati yaxshimi? Nima uchun sotishga qaror qildingiz? Qayerdansiz?" Savollariga javob berdim. Keyin, " Men karantindaman, oldingizga bora olmayman, pochta orqali joʻnata olasizmi? Men allaqachon olx'ga pul oʻtkazdim. Manabu sayt manziliga kirib, karta ma'lumotlaringizni kiritib pulingizni yechib olishingiz mumkin." deb yozdi.

Hursand boʻlib ketdim va u joʻnatgan sayt manziliga kirib karta maʼlumotlarimni kiritdim. U saytni oʻzlari ishonarli qilib yasashgan. Bir qarashda sohtaligi sezilmaydi.

Pulni yechib olishga juda koʻp urindim, lekin iloji boʻlmadi. Keyin boyagi "Natasha" yana yozdi va pulni yechib olish uchun kartamda 500 000soʻm boʻlishi kerak ekanligini aytdi. (Kartamda 7,300soʻm bor edi ) Tushinyapsizmi?! Pul qabul qilish uchun pul boʻlishi kerak emish

Shubhalandim. Unga hisobimni oʻzi toʻldirib turishini, keyin unga qaytarishimni aytdim. Uning javobi kulguli boʻldi. 500ming soʻm puli yoʻq ekan... Kompyuter uchun olx'ga 8million soʻm oʻtkazgan odamda 500ming soʻm yoʻq ekan. ( aslida olx'ga pul oʻtkazib boʻlmas ekan, yani olx siz bilan haridor ishiga aralasha olmaydi).

Keyin uni telegram profilini diqqat bilan koʻzdan kechirdim. Uyerda hech qanday konkret maʼlumot yoʻq ekan. Men sezdim, bu firibgarlik!

Unga 1-2ogʻiz "shirin" soʻzlar yozib yubordim. U ham ovozli habar joʻnatib javob qaytardi. Eng qizigʻi u oʻgʻil bola ekan

Endi unda kartamning barcha maʼlumotlari bor. Agar kartamga 500ming soʻm oʻtkazganimda nima boʻlishligini siz tushinib boʻldingiz.

Hullas ehtiyot boʻlaveringlar.

Endi bankga borib karta maʼlumotlarimni oʻzgartirishim yoki butunlay yangisiga almashtirishim kerak.

P.S. Harqalay, 7,300 soʻm pulimga tegishmapti "baraka topgurlar"

Blogimni kuzatib boring, birgalikda rivojlanamiz!

@akramov_blogi