Get Mystery Box with random crypto!

Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqla | Bobur Qurbonov│Blog

Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi

2022/2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 566 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

Prezident davlat stipendiyasi — 72 nafar;

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi — 100 nafar;

Navoiy nomli davlat stipendiyasi — 234 nafar;

Beruniy nomli davlat stipendiyasi — 95 nafar;

Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi — 26 nafar;

Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi — 22 nafar;

Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi — 3 nafar;

Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi — 8 nafar;

To‘lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi — 6 nafar.

Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor boʻlolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan ragʻbatlantiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube