Get Mystery Box with random crypto!

Uyalaman. 1. Bozorda ro'zg'or tebratayotgan 12 yoshli bola ol | Imtihon

Uyalaman.

1. Bozorda ro'zg'or tebratayotgan 12 yoshli bola oldida, og'zimni to'ldirib lavash yeyishga uyalaman.

2. Sharoiti zo‘r bo‘lmasa ham, o‘qish uchun kechalari uxlamayotgan bola oldida, og‘zimni katta ochib xurrak otishdan uyalaman.

3. Otasini puliga ilm olayotgan farzandlar oldida, otam topgan kal boboylar bilan jonkalarga podarka olishdan uyalaman.

4. Universiteti yopilganiga yig‘layotgan afg‘on yoshlari oldida, universitetga ko‘ngilxushlik uchun borishga uyalaman.

5. Och bo‘lsada topganini ukasiga beradigan afrikalik akalar oldida, to‘qlikdan ukamga qarab kekirishdan uyalaman.

6. Bir oyog‘i bo‘lmasada bomdod namoziga masjid borayotgan inson oldida, glavnimga iymon haqida rasm qo‘yishga uyalaman.

#Jek