Get Mystery Box with random crypto!

Xullas bugungi nufuzli anjumandan asosiy iqtiboslar: Vazirl | Bobur Mirzo deputat | Inson qadri uchun

Xullas bugungi nufuzli anjumandan asosiy iqtiboslar:

Vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi.

Davlat xizmatchilari soni ham bosqichma-bosqich 25-30%gacha qisqartiriladi.

Samarqand va Namangan shaharlari alohida maʼmuriy-hududiy birliklar sifatida respublika boʻysunuviga oʻtkaziladi.

“Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturi boshlanadi.

Toshkent shahri uchun qoʻshimcha 1 mingta zamonaviy avtobus sotib olinadi, 7 ta yer usti metro bekati ishga tushiriladi.

Samarqand, Fargʻona va Xorazmda xususiy sherikchilik asosida Radiologiya markazlarini tashkil etish loyihalari boshlanadi.

Davlat tibbiy sugʻurtasiga oʻtish tezlashtiriladi.Kelasi yili bu tizim Toshkent shahrida boshlanadi.

Sunʼiy monopoliyaga, yopiq sxemalarga, umuman korrupsiyaga imkon beruvchi barcha boʻshliqlarga barham beriladi.

Amudaryo oʻzanida yangi kanal qurilishi boʻyicha mintaqaning barcha davlatlari manfaatlarini inobatga olish lozim.

Koʻp iqtisodchilar energetika sohasida erkin bozorga oʻtishni taklif qilmoqda.
Bu – toʻgʻri yoʻl.

Gaz qazib chiqarishga ilgari berilgan barcha litsenziyalar qayta koʻrib chiqiladi.

2023-yilda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlarini yakunlash kerak.

Rasmiy kanalimiz
       
@BM_deputat