Get Mystery Box with random crypto!

Bugun fikr bildirmoqchi bo‘lgan mavzuimiz ba'zi oliy ta'lim mu | Jasur Normurod o‘g‘li blogi

Bugun fikr bildirmoqchi bo‘lgan mavzuimiz ba'zi oliy ta'lim muassasalaridagi ichki talablar haqida.
O‘zi ta'lim muassasalarining asl g‘oyasi talabalarga sifatli ta'lim berib, yurtimiz rivoji uchun har tomonlama yetuk kadrlarni yetishtirish! Lekin afsuski, hozir ta'limdan ko‘ra ko‘proq o‘quvchilarning kiymiga, soqoliga diqqat qaratilib qolingan. Bu narsalarni ilm olishlikda umuman tasiri yo‘q deb o‘ylayman. Chunki, "ilm olaman" degan talaba, forma kiysa ham, kiymasa ham ilm olaveradi. Bizning fikrimizcha, bu talablarni tagida boshqa maqsadlar turibdi. Qanaqa maqsad? Maqsad, ilmli-salohiyatli kadr yetishtirish emas, ilmi sustroq bo‘lsa ham, itoatli kadrlar tayyorlash. Talabalarning bo‘ynida doim turishi majburiy bo‘lgan bo‘yinbog‘larni men bir narsaga o‘xshataman: qishloqda katta bo‘lganligimiz uchun ko‘p kuzatiladigan holat, mollarni bo‘ynida yoki shoxida doim ipi bog‘langan turadi. Ba'zida shu iplari qoziqdan bo‘shab ketadi, ammo bundan xabari bo‘lmagan hayvon bechora, bo‘ynida ip borligi uchun, bog‘langanman deb turaveradi soatlab.
Biz o‘zimizning universitet haqida bilamiz, kiraverishda uch yoki to‘rt bosqichlik tekshiruvdan o‘tamiz. Bular bizning formamizni tekshiradi. Bittasi bo‘lmasa, boshqasiga tutilasiz, agar oddiy bir bo'yinbog‘ingiz bo‘lmasa, sizda imtixon bo‘ladimi, yoki muhimroq topshiriqingiz bo‘ladimi, ularga farqi yo‘q! Sizni eshik oldida ushlab o‘tiraverishadi. Lekin siz qaysi fanni yaxshi o‘zlashtira olmayapsiz, qaysi fanni yopa olmadingiz deyarli hech kimni siz bilan ishi yo‘q. Ishlari bo‘ladi, qachonki siz haydalishga yaqin borsangiz, "siz fanni yopa olmasangiz haydalasiz",-deyishadi holos.
Buning o‘rniga talabalarning ta'limiga ko‘proq e'tibor qaratishsa yaxshiroq bo‘lardi.
Yana muommolardan biri bu-o‘quv yillari davomida juda ko‘p fanlarning o‘tilishligi! Bizda masalan, hozirga qadar oltmishga yaqin fan o‘tildi.O‘zlashtirish ham o‘ziga yarasha.Ba'zi fanlarni, ishonasizmi, o‘n kunda yopamiz! Bu kunlarda, u fanning maruzasi, amaliyoti, laboratoriyasi yana bir nimalari parallel ravishda olib boriladi. Bu vaqtda biz aksar talabalar bu fan haqida bir tushunchaga ega bo‘lib qolamiz holos, yana bilmadim!?
Bular haqida Abdulaziz Muhammad akani bir intervyusida zo‘r gaplari bor ekan. O‘sha intervyuni ko‘rishni tavsiya qilamiz.

Shunchaki fikrimizni bildirdik!

@blog_of_Jasur