Get Mystery Box with random crypto!

#niyat Mana ko‘zlarimizni quvontirib Ramazon oyi kirib keldi! | Jasur Normurod o‘g‘li blogi

#niyat

Mana ko‘zlarimizni quvontirib Ramazon oyi kirib keldi! Bu oyda biz musulmonlar yoppasiga ro‘zalar tutamiz! Birinchi navbatda har bir ibodat-amal niyatga qarab bo‘ladi! Biz o‘zi Ramazon boshida niyatimizni to‘g‘rilab, yangilab olishimiz kerak edi! Hozir ham kech emas!
Nima demoqchimiz, har kimning hayolida har xil o‘y-fikrlar bo‘ladi. Agar kimdir ro‘zani holis Alloh uchun emas, qanaqadir kasallikdan xolos bo‘lish uchun yoki ozish uchun yoki kimningdir qistovi bilan yoki atrofdagi hamma ro‘zador bo‘lganligi uchun tutayotgan bo‘lsa, u kishilarning tutgan ro‘zalari haqiqiy ro‘za bo‘lmaydi!
Shunaqa birodarlarimiz bo‘lsa, tezda niyatingizni yangilab oling!
Alloh saqlasin, qiyomatda yuzimizga urmasin, tutgan ro‘zamiz bilan!
Masalan siz ozishlik uchun tutayotgan bo‘lsangiz, qiyomat kuni Alloh hisob qilayotganda, "bandam ro‘za tutdingmi?"-deganda, siz aytasiz, " ha tutdim! ". Alloh taolo " bu ro‘zangni qabul qilmadim! Sen Meni roziligim uchun emas, ozish uchun tutganding, ozding ham, mukofotingni niyatinga yarasha olib bo‘lding, endi bu kunda senga savob yo‘q! ",- desa nima qilasiz?

Payg‘ambarimiz alayhissalom hatto qori bo‘lsa ham, u Qur'on o‘qigan, o‘rgangan, o‘rgatganligiga qaramasdan, niyati buzuqligi uchun, do‘zaxga kirishligini habarini berganlar!
Shunday ekan niyatlarimizni doim holis Alloh uchun qilaylik!

@blog_of_Jasur