Get Mystery Box with random crypto!

#maqsad Webbrain Academy'ning kelajakdagi planlari haqida o | Blog_Karimov

#maqsad

Webbrain Academy'ning kelajakdagi planlari haqida oldingi post1, post2'larimda aytib o'tgan edim.

Maqsadga erishish uchun juda ko'p joylardan kelgan daromadli ishlardan vos kechib atrofdagilarning gap so'zlari, seni uddalay olmaysan degan qarashlari bilan o'ralashib yurmadik.

Bir vaqtlar men hamkorlik qilishni istagan IT kompaniyalar hozirda o'zlari hamkorlik taklifi bilan chiqishmoqda. Ayni vaqtda Webbrain Academy bilan hamkorlik uchun beshta firma tamonidan takliflar kelib tushgan. Ularning ikkitasi bilan hamkorlik ishlari boshlanib ham bo'ldi. Qolgan uchta firma bilan muzokaralar olib borilmoqda.

InshaaAlloh 2023-yil yakuniga qadar yagona MIT'ning O'zbekistondagi Academyasini tashkil qilamiz.

Planlar shunchaki quruq gaplar emas:
- Frontend sohasida sezilarli darajada O'zbekistondagi yangona mukammal darslik(link) tayyor bo'ldi.

- Ramazondan so'ng backend yo'nalishida ham darslar boshlashadi. Darsni kimlar o'tishini tassavvur qilishingiz uchun aytaman. Menga frontend sohasidan qanday baho bersangiz shunda o'n barobar kuchli dasturchi.

- Ishga kirgandan so'ng to'lov asosida o'qitish tizimini joriy bo'lishi.

- Outsource kompaniyalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish.

Ko'p eslataman:
Webbrain Academy - Boshingizdan silab, sizlarga choy tayyorlab hojatingizni chiqaruvchi mehmonxona emas, ta'lim beruvchi maskan!

Sardorbek Muhtorov