Get Mystery Box with random crypto!

​​Erkaklar, moddiy farovonlik sari harakat qiling. — musulmo | Blog_Karimov

​​Erkaklar, moddiy farovonlik sari harakat qiling.

— musulmon kishi boy bo‘lsa, oilasiga, yaqinlariga, jamiyatiga foyda keltiradi
— oilaviy baxt faqat pul bilan bo‘lmasa-da, oila farovonligi, totuvligi uchun pulning ham ahamiyati bor
— oylikka qarab qolmang, ko‘ngil tusaganda oilani olib, safarga chiqib ketish imkoni bo‘lsin
— o‘zingiz, ahlingiz, farzandlaringiz ta'lim-tarbiyasi uchun ham pul kerak
— gohida restorandan ovqatlanib turishning ham gashti bor
— boy bo‘lish istagan ovqatini yeya olish emas, istagan kitobini sotib ola olishdir. Aslida, kitoblar ovqatdan arzon, bu ham sizga plus
— ishlab pul topishdan bir kun charchaysiz, pulingiz pul topishiga harakat qiling
— "hayotda muhimi pul emas, ammo buni bilish uchun ko‘p pul kerak" deyilgan hazilda aytilgandek, albatta, muhimi pul emas, ammo pul ham muhim. Xususan, oilaviy baxt, farovonlik uchun. Bularni shuning uchun sizga ilindim

@farruxsoftware