Get Mystery Box with random crypto!

Qullar qaror qabul qilmaydi! Ozod insonning asosiy belgisi bu | blog_Abdusattor

Qullar qaror qabul qilmaydi!

Ozod insonning asosiy belgisi bu mustaqil qaror qabul qila olish va u qaror ortidan keladigan barcha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishdir. Qaror qabul qila olmaydigan insonlarni qullardan hech qanday farqi yo'q, chunki ularning hayotini boshqalar hal qiladi. Kuchsiz odamlarga esa qullikning o'ziga yarasha foydali taraflari bor va bu mas'uliyat yo'qligi. Unday odamlar mas’uliyat olmaslik uchun qullikka ham tayyor bo'lishadi. Siz qul emasmisiz? Demak mustaqil qaror qabul qilishingiz va mas'uliyatni o’z yelkangizga olishingiz kerak. Yelkangiz juda kichik bo'lsa ham.

Tarixdan xalqlar o'z mustaqilligi uchun qon to'kishgan va bilingki sizning ozodligingiz ham o'zidan-o’zi kelib qolmagan. Ozodligingizni yengil xarakter bilan yo’qotib qo'ymang.

@abdusattor